Odam urib, qochib ketgan haydovchi ushlandi – IIV

Jamiyat 18:56 / 19.05.2018 14578

2018 yil 12 may kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida noma'lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani A.Temur ko‘chasida joylashgan “Nazira” go‘zallik saloni oldida haydab ketayotib, Yunusobod tumanida yashovchi piyoda T.U.ni urib yuborib voqea joyidan qochib ketgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, oqibatda jarohat olgan T.U.ga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Yunusobod tumanida yashovchi Sh.S. o‘zining “Matiz” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Ko‘proq yangiliklar: