Moliya vazirligi ish haqi to‘lovlarining to‘lanish ahvoli bo‘yicha axborot berdi

Iqtisodiyot 12:15 / 19.05.2018 30287

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yil may oyi uchun ish haqi bo‘yicha avans to‘lovlarining to‘lanishi yuzasidan monitoring o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 14 may kuni Moliya vazirligi tomonidan quyi moliya organlariga ish haqi bo‘yicha avans to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lanishini ta'minlash maqsadida 149,7 mlrd so‘m miqdorda maqsadli mablag‘lar ajratilgan.

Natijada hududiy g‘azna hisob raqamlarida ish haqi bo‘yicha avans to‘lovlarini respublika miqyosida o‘z vaqtida va to‘liq to‘lab berilishi uchun yetarli miqdorda mablag‘lar shakllantirildi.

Shu bilan birga, byudjyet tashkilotlari rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan g‘aznachilik organlariga taqdim etilgan to‘lov hujjatlariga muvofiq joriy yilning 16 may holatiga may oyi uchun ish haqi bo‘yicha avans to‘lovlarining to‘lanishi respublika miqyosida 93,0 foizni tashkil etdi.

Jumladan hududlar kesimida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 88,6%
Andijon viloyati 85,8%
Buxoro viloyati 91,4%
Jizzax viloyati 94,0%
Qashqadaryo viloyati 81,2%
Navoiy viloyati 98,9%
Namangan viloyati 95,8%
Samarqand viloyati 93,5%
Surxondaryo viloyati 88,9%
Sirdaryo viloyati 97,3%
Toshkent viloyati 94,8%
Farg‘ona viloyati 99,1%
Xorazm viloyati 96,5%
Toshkent shahri 100,0%
Jami 93,0%

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan byudjyet tashkilotlarining ish haqi bo‘yicha avans to‘lovlarini kechiktirmay to‘lanishi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani aytiladi. 

Shuningdek, Moliya vazirligi tomonidan Qashqadaryo, Andijon va Surxondaryo viloyati Moliya bosh boshqarmalariga byudjyet tashkilotlarida ish haqi bo‘yicha avans to‘lovlarining hisoblanishi va tegishli to‘lov hujjatlarini g‘aznachilik organlariga o‘z vaqtida taqdim etilishi yuzasidan tegishli tarmoq vazirliklar hamda byudjyet tashkilotlariga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari olib borilayotgani bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moliya vazirligi tomonidan 2018 yil aprel oyining ikkinchi yarmi uchun ish haqlari to‘lanishi yuzasidan tizimli monitoring o‘tkazilgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: