Merkel ustidan sudga murojaat qilindi

Jahon 20:28 / 19.05.2018 12958

Germaniyaning “Germaniya uchun muqobil” partiyasi kansler Angela Merkelning migratsiya siyosati ustidan shikoyat qilib sudga murojaat qildi. Bu haqda Die Zeit nashri ma'lum qildi

Ta'kidlanishicha, nemis parlamenti (bundestag) migratsiya siyosatini belgilashda ishtirok etish huquqiga ega. Partiyada kanslerning 2015 yilda muhojirlar uchun Avstriya-Germaniya chegarasini ochish haqidagi qarorini tekshirish lozim, deb hisoblashmoqda. 
 
“Bu shikoyat dunyoni o‘zgartirishi mumkin. U agar istalgan natijaga olib kelsa, dunyoni o‘zgartiradi ham”, deb aytgan partiya advokati Stefan Brandner.

Brandnerning aytishicha, agar siyosatchilar qo‘yilgan maqsadga erishishsa, kansler o‘z lavozimini tark etishiga to‘g‘ri keladi.

Ko‘proq yangiliklar: