Davlat chegarasidan o‘tkazish punktlarida nimalar taqiqlanadi?

O‘zbekiston 18:59 / 19.05.2018 29382

“Huquq axborot” kanali davlat chegarasidan o‘tkazish punktlarida taqiqlanadigan narsalar haqida xabar berdi.

Unga ko‘ra, quyidagilar taqiqlanadi:

chegara nazorati bo‘linmasi rahbarining ruxsatisiz foto va video suratga olish;

davlat nazorati organlarining nazorat tartib-taomillarini tashkil etishiga xalaqit bersa, mobil va boshqa aloqa vositalardan foydalanish;

davlat nazorati organlari xodimlarini nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan tartibni buzishga majbur qiladigan harakatlarni sodir etish, shu jumladan ularga biron-bir moddiy qimmatliklar taklif etish;

o‘tkazish punkti hududiga yoki uning xizmat xonalariga belgilangan tartibni buzgan holda kirish;

o‘tkazish punkti hududiga tegishli ruxsatlarsiz qurol-yarog‘, portlovchi moddalar va atrofdagilar hayoti yoki salomatligiga xavf tug‘diradigan boshqa predmetlar (moddalar) olib kirish (olib o‘tish).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbek va qirg‘iz chegarachilari chegarada nizoli vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralarni ko‘rib chiqishgani xabar berilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: