«Habib 4 yil avval faoliyatini yakunlashi mumkin edi» - Abdumannop Nurmagomedov

Sport 18:30 / 19.05.2018 12373

Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) yengil vazndagi amaldagi chempioni Habib Nurmagomedov to‘rt yil muqaddam faoliyatini yakunlashga juda yaqin bo‘lgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Habib jarohatlar tufayli kamarsiz qolishi mumkin edi, u faoliyatini yakunlashga qaror qilgan payt ham bo‘ldi. O‘shanda unga shunday dedim: «Biz bungacha shuncha uzoq masofani bosib o‘tdik, endi bunday tezlik bilan mag‘lub bo‘lish yaramaydi». U gilamga qaytdi va ishlay boshladi. Shundan keyin umuman to‘xtamadi. Bu to‘rt yil avval yuz bergandi», - deya aytib o‘tdi sportchining otasi Abdumannop Nurmagomedov.

Shuningdek, rossiyalik jangchi otasi o‘g‘lining faoliyati qanday kechishini taxmin qilib ko‘rdi.

«Mening o‘ylashimcha, u 32 yoshgacha yuqori darajada jang qiladi. Keyin pastga sho‘ng‘iy boshlaydi, xuddi barcha kabi – tabiat qonunlariga bas kelib bo‘lmaydi. Fikrimcha, Habib bilan ishlovchi jamoa, murabbiylar tarkibi, u bilan muntazam ravishda ishlaydigan olti-sakkiz kishi - «Habib, yetadi, vaqti keldi», deyishsa, biz yakunlaymiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mashg‘ulotlarida mushukdan foydalangan chechenistonlik MMA jangchisini jazolash talab qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: