Toshkent viloyatida MAN yuk mashinasi elektrovoz bilan to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent viloyatining Qibray tumanida ko‘ngilsiz voqea yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 16 may kuni O‘rta Chirchiq tumanida yashagan T.B. o‘ziga biriktirilgan “MAN” rusumli yuk avtomashinasini Baytqo‘rg‘on mahallasidan o‘tuvchi “Bo‘zsuv-Oqqovoq” temir yo‘lining 4402-km.da tartibga solinmaydigan temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotganida, shu yerda harakatlanib kelayotgan elektrovoz bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada yuk avtomashinasi haydovchisi T.B. jarohat olib voqea joyida vafot etgan.
Mavzuga oid

11:43 / 13.02.2025
Qibrayda qariyb 310 mln so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxona aniqlandi

14:43 / 23.01.2025
Qibrayda 1,2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

20:14 / 07.01.2025
Qibrayda dorilarni elektron retsept asosida berish tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda

09:26 / 10.12.2024