Xitoy AQShga savdo mojarosi bo‘yicha taklif bilan chiqdi

Iqtisodiyot 07:57 / 18.05.2018 10550

Xitoy delegatsiyasi Vashingtonga tashrif chog‘ida AQSh prezidenti Donald Trampga mamlakatlar o‘rtasidagi savdo balansi taqchilligini qisqartirish bo‘yicha choralar to‘plami taklif etdi. U taqchillikni yiliga taxminan 200 mlrd dollarga qisqartirishni nazarda tutadi, deb xabar bermoqda Reuters manbaga asosan.

Xabar qilinishicha, choralar to‘plami mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni yaxshilash maqsadida taklif etilgan. AQSh va Xitoyda savdo kelishmovchiliklari, Amerika tomoni po‘lat va alyuminiyga import bojlari joriy etganidan so‘ng kelib chiqdi.

Manbalardan birining ma'lumotiga ko‘ra, Amerikaning Boeing kompaniyasi choralar to‘plamining asosiy benefitsiarlaridan biriga aylanishi mumkin. Ayni damda samolyot ishlab chiqaruvchisi barcha mahsulotining taxminan to‘rtdan bir qismi Xitoyga eksport qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya AQSh bojlariga javob choralarini tayyorlab qo‘ygani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: