FVV yana sel xavfi haqida xabar berdi

O‘zbekiston 12:53 / 18.05.2018 91415

2018 yilning 18 may kunidan 22 may kunigacha Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi xabarida aytiladi.

Qayd etilishicha, ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutiladi, ayrim joylarida yomg‘ir kuchli yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

«Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga!

Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 "Tezkor raqam”iga murojaat etishingizni iltimos qilamiz», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda sel oqibatida 5 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: