Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi endi paxta tozalash korxonalarida ham nazoratni amalga oshiradi

Iqtisodiyot 17:41 / 18.05.2018 8438

 “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, Bosh boshqarma paxta tozalash korxonalarida ham davlat nazoratini amalga oshiradi.

Xususan, endilikda qabul qilingan paxta xom-ashyosi va uni qayta ishlashdan olingan tayyor mahsulotlar harakati hisobi va hisobotlari haqqoniyligi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan qabul qilingan paxta xom-ashyosi uchun amalga oshirilgan yakuniy hisob-kitoblarning to‘g‘riligi yuzasidan ham nazorat olib boriladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: