Alibaba Group qanday tuzilgan?

Light 03:39 / 18.05.2018 24463

Xitoy IT bozori, ulkan elektron tijoratning tuzilishi haqida so‘z yuritamiz.

Xitoyning uchta eng muhim internet-korporatsiyalari BAT deb yuritiladi: Baidu («Yandeks»ga o‘xshash qidiruv tizimi, moliyalashtirish $88 mlrd), Alibaba Group (elektron tijorat, 460 mlrd AQSh dollari) va Tencent (ijtimoiy tarmoq va o‘yinlar, 466 mlrd AQSh dollari ).

Foto: DPA

Ulkan qiymatdan tashqari, boshqa ko‘plab kompaniyalarda yuqorida nomlari keltirilgan kompaniyalarning sarmoyalari mavjud. Bu maqolada Alibaba Groupbiznesini tahlil qilamiz.

Asosiy ko‘rsatkichlar

Kompaniya qiymati 460 mlrd AQSh dollariga teng. Bir yil avval bu ko‘rsatkich bir yarim marta kam bo‘lgan. Ulkan miqdor. 2017 yil uchun foyda 55 foizlik ko‘rsatkich bilan 34 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan.

Kompaniya asosi — ecommerce (elektron tijorat)-loyihalar. Ular foydaning 86 foizini tashkil qiladi. Serdaromad va boshqa tashabbuslarni moliyalashtiradi.

Xitoy ichidagi Retail

AliExpressning ahamiyati to‘g‘risidagi fikrlarga qarshi o‘laroq, guruhning 74 foiz daromadi asosiy segment – ichki savdoga to‘g‘ri keladi.

TaoBao

Bu mahsulot marketpleysi, ya'ni bozori bo‘lib, unda mayda olib-sotarlar ham, yirik brendlar ham savdo qiladi. Price comparison,  ya'ni arzon iPhone ni topish uchun narxlarni taqqoslashda foydalaniladigan «Yandeks.Market»dan farqli ravishda , TaoBaodagi kiyim-kechakning faqat narxi solishtirilmaydi. Shuningdek, do‘kon saytiga o‘tish ham yo‘q, savdo TaoBaoning o‘zida amalga oshiriladi.

2003 yilda ishga tushirilib, ikki yil ichida raqobatchilari ustidan g‘oliblikka erishdi. Sotib olingan eBay EachNet ham bundan mustasno emas. Tekin listinglar va sotuvchilar bilan chat, Alipay orqali xavfsiz to‘lov kabi funksiyalar hisobiga ana shunday natijaga erishildi. Daromad listinglar hozir ham bepul, servis ichida sotuvchilar reklamasi, reytingda yuqori o‘rinlarga ko‘tarish va boshqa funksiyalar hisobiga topiladi.

Foto: TaoBao

2008 yilda Baidu qidiruv tizimi orqali indekslanishni butunlay yopib, xarid (shopping) uchun boshlang‘ich nuqtaga aylandi. Bu muhim, oxir-oqibat aynan TaoBao o‘z foydalanuvchilariga o‘zi ega bo‘ldi. Hozirda Alibaba Groupning reklamadan keladigan daromadi Baiduga qaraganda ko‘proq.

Boshlang‘ich davrda foydalanilgan mahsulotlar uchun katta bo‘lmagan bo‘lim mavjud bo‘lib, unda sotuvchi masalan, o‘zining eski bolalar aravasini sotardi. 2015 yilda esa buning uchun alohida “Idle Fish” loyihasi ishga tushirildi.

Tmall

2010 yilda TaoBaoning eng yaxshi va yirik sotuvchilarini alohida loyihaga ajratishdi. Turli chiqindilarni olib-sotarlardan himoya qilish uchun 5000 AQSh dollari qiymatidagi himoya yig‘imlari va 15 ming AQSh dollari qiymatidagi depozit o‘rnatildi. Foydalanuvchi uchun bu mahsulot yoki xizmat bilan hech qanday muammo yuzaga kelmasligini anglatadi.

Mazmunga ko‘ra bu yerda brendlar, jumladan obro‘ga ega xorij kompaniyalari va rasmiy resellerlar (olib-sotarlar)ning mahsulotlari sotiladi. Bundan tashqari, TaoBaodan farqli ravishda, Tmall komissiyadan ham daromad ko‘rmoqda.

Yana biroz sonlar haqida

Butun Xitoy TaoBao va Tmalldan foydalanadi: mamlakatda 1,4 mlrd aholi mavjud, ularning 750 mln nafari internetdan foydalanadi, 515 mln aholi esa so‘nggi yillarda ushbu servislardan xarid qilgan. Foydalanuvchilar ko‘rsatkichi asta-sekin o‘smoqda – 16 foiz. Bu bilan turli usullar yordamida kurashishga harakat qilishmoqda: masalan, Cun Taobao — maxsus sayt va qishloqlardagi internet-kafe bo‘lib, unda xodimlar dehqonlarga mahsulot xarid qilishni o‘rgatishadi.

Singles Day - “qora” jumaning xitoycha shaklidagi savdo 25 mlrd AQSh dollarini tashkil qildi. Taqqoslash uchun, AQShda “qora” jumadagi online-riteylerning jami savdolari 5 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan.

Hammasi kundek ravshan, biroq Alibaba Group — mobil kompaniya. Agar 2013 yilda mobil ilovaga 10 foiz GMV to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozirda vaziyat qarama-qarshi ko‘rsatkichga teng.

New Retail

Qulay vaziyat tug‘ildi deguncha Alibaba Group o‘zining yangi New Retail strategiyasi haqida so‘zlaydi: elektron tijorat Big Data  (ma'lumotlar bazasi) yordamida qanday qilib oflayn-tijorat bilan bog‘lanishi, mijozlarga esa qayerda sotib olishning ahamiyatsizligi.

Bu qanchalik haqiqatga yaqinligi, oflayn-do‘konning daromadi, tashqaridan tushunarsiz. Demak, qisqa qilib aytganda ular nimani amalga oshirishdi?

Birinchidan, mahalliy, kichik mom-and-pop-do‘konchalar uchun franshiza. Franchayzlar brend va mahsulotlarni qulay narxga sotib olishga ega bo‘ladi, Alibaba Groupning muzokaralardagi o‘rni kuchli.

Ikkinchidan, ular savdo markazlarini Amazondan avval xarid qilishni boshlashgan. Olti tarmoqqa ega 10 mlrd AQSh dollarga teng kelishuvlar ko‘pchilikka ma'lum.

Foto: Alibaba Group

Uchinchidan, Hema — yaqin kilometrga yetkazib beradigan 24 ta katta oflayn mahsulotlar do‘konini ishga tushirdilar. Buyurtmalarni yig‘ish uchun maxsus konveyer lentalarga ega, foydalanuvchilarni yetkazib berishga o‘rgatish maqsadida kassada to‘lovni faqat yuklab olingan ilovalar orqali amalga oshirish mumkin.

Yetkazib berish 30 daqiqada, bepul va buyurtmaning minimal hajmisiz amalga oshiriladi. Muhimi, buyurtmalarning 50 foizi yetkazib berishga to‘g‘ri keladi, kuniga 10-15 mingtani tashkil qiladi, ko‘plab do‘konlar allqachon foydaga kirgan.

Hema: konveyer lentalari yetkazib beruvchilar

Xitoy tashqarisidagi retail

Guruh daromadining 6 foizi ushbu segmentga to‘g‘ri keladi, biroq u yiliga 130 foiz o‘sib bormoqda.

AliExpress

Biznes-model barchaga tanish – mahsulotlarni Xitoydan boshqa mamlakatlarga yetkazish. Eng mashhur mamlakatlar - Rossiya (Pandao va Joom bilan raqobat qiladi), Braziliya va AQSh (Wish bilan raqobat qiladi).

Lazada

BuRocket Internetdan (rivojlanayotgan mamlakatlarda g‘arb biznes-modellarini nusxa qiluvchi xolding)Amazonning Janubi-sharqiy Osiyodagi nusxasi.Originaliga o‘xshab unda ham 1P va 3P bor.

1P — bu o‘z mahsulotlarini o‘zining omborxonasidan yetkazib beruvchi internet-do‘kon. Masalan, Ozon.

3P — marketpleys,tashqi sotuvchini xaridor bilan uchrashtiradigan AliExpressga o‘xshagan platforma.

2016 yilda Alibaba Group 51 foizini 2 mlrd AQSh dollari bahosida sotib oldi, 2017 yilning yozida 3 mlrd AQSh dollari qiymatida yana 33 foizini xarid qildi. Biznes-model murakkab va albatta zarar bilan ishlamoqda, biroq unga ishonch bildirishyapti.

Foto: Reuters

b2b (biznesga biznes)

1999 yilda kompaniya tarixi aynan shundan boshlangan. Bu ham aynan o‘shanday marketpleys (bozor) bo‘lib, biroq unda traktor va don ulgurji ko‘rinishda sotiladi. Alibaba.com xalqaro savdo va 1688.com — ichki savdo uchun.

Foydaning 6 foizi ushbu segmentga to‘g‘ri keladi, unda deyarli o‘sish kuzatilmayapti (18%). Bu yerda katta yangiliklar bo‘lmasa kerak.

Alibaba Group’ning elektron tijoratdan tashqari boshqa bizneslari ham bor. Ular hozirda daromadning 14 foizini tashkil qilmoqda va zarar bilan ishlayapti.

Ko‘proq yangiliklar: