Boris Dubrovskiy Toshkentga qurilish materiallari yetkazib berishni taklif qildi 

Iqtisodiyot 09:37 / 17.05.2018 13419

Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk viloyati gubernatori Boris Dubrovskiy o‘z delegatsiya  a'zolari bilan Toshkent shahar hokimligi qabulida bo‘lishdi. Mehmonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va qurilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Muloqot chog‘ida Chelyabinsk viloyati va Toshkent shahri o‘rtasida do‘stona munosabatlarni yuqori bosqichga olib chiqish va kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritildi. Jumladan Boris Dubrovskiy Toshkent shahrining rivojlanib borayotgani haqida gapirar ekan, ikki tomonlama hamkorlik chog‘ida qurilish materiallari (og‘ir vaznli yuk ko‘taruvchi kranlar, sement, qurilishda ishlatiladigan temir mahsulotlarini) yetkazib berish va Toshkent - Chelyabinsk aviareysini tashkil qilish borasida so‘z yuritdi. 

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalarda ham bu borada kelishuvlar borligi hamda aynan Toshkent shahridagi bir qator bunyodkorlik ishlarida bu ancha qo‘l kelayotganligi haqida fikr bildirildi. 

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati
Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Janubiy Ural savdo uyi ochilishi xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: