Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda islom bank ishi va moliyasi infratuzilmasi yaratiladi

Foto: info-islam.ru
«O‘zbekistonda Respublikasida islom bank ishi va moliyasi infratuzilmasini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Hujjat bilan islom bank ishi va moliyasi prinsiplari asosida tatbiq etiluvchi bank-moliya xizmatlari tuzilmasi tasdiqlanishi mumkin. Shuningdek, islom bank ishi va moliyasi prinsiplarini ishlab chiqish va tatbiq etish bo‘yicha Komissiya tuziladi.
Komissiyaga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Respublikada bank ishi va moliya bo‘yicha islom prinsiplarini tatbiq etish uchun tegishli infratuzilmani yaratish, unda foiz (ribo) ko‘rinishida mukofotlash, tadbirkor bilan daromad va zararni loyihadagi ishtirok ulushiga proporsional tarzda taqsimlash, shuningdek islom moliyalashtirilishi boshqa prinsiplari nazarda tutiladi;
sug‘urta faoliyatini (takaful), lizing faoliyatini (ijara), qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar faoliyati va islom moliyasi tamoyillariga asoslangan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha islom bank va moliya infratuzilmasi prinsiplarini tatbiq etish bo‘yicha normativ-huquqiy aktlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish ishlarini tashkil etish;
tegishli normativ-huquqiy aktlar loyihasini tezda ko‘rib chiqish, muvofiqlashtirish va tasdiqlashni ta'minlash maqsadida vazirliklar, idoralar, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
islom bank ishi va moliya prinsiplari asosida bank-moliya xizmatlardan foydalanishning afzalliklari va imkoniyatlarini aholi va tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasida keng yoritish bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilish.
Belgilanishicha, respublikada bank ishi va moliya islom prinsiplarini tatbiq etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Komissiyaning ishchi organiga Moliya vazirligi tomonidan tashkil etiluvchi «tashabbus guruhi» aylanadi.
Shuningdek, hujjat bilan Islom taraqqiyot banki grantini jalb etgan holda «O‘zbekiston Respublikasida islom bank ishi va moliyasi infratuzilmasini tatbiq etish uchun qonunchilik asoslarini yaratish» ishchi loyihasini amalga oshirish belgilangan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumatiga Islom taraqqiyot banki bilan muvofiqlashtirilgan Ishchi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi loyihasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash uchun kiritish aytilgan.
Qaror loyihasi muhokamasi 2018 yil 31 may kuniga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
O‘zbekiston | 15:52
-
Mers: AQSh bojlari Germaniya eksportiga qattiq ta’sir qiladi
Jahon | 15:52
-
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti
Iqtisodiyot | 15:48
-
Hafta davomida issiq kuchayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 15:38
Mavzuga oid

09:22
Mahalliy aviaqatnovlarni subsidiyalashning yangi tartibi tasdiqlanadi

08:47
Maxsus iqtisodiy zonalarni infratuzilma bilan ta’minlashda bozor mexanizmi joriy etiladi

08:05
Infratuzilma obektlarini qurishda muqobil energiya vositalari joriy etiladi

18:41 / 29.05.2025