16 may kuni ish boshlagan OGU - Oil&Gas Uzbekistan 2018 xalqaro anjumani davomida "O‘zbekneftgaz" AJ va Ozarboyjonning SOCAR hamda BP Exploration (Caspian Sea) o‘rtasida O‘zbekiston hududidagi konlarda birgalikda geologik-qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, qo‘shimcha yana bitta memorandum orqali O‘zbekistondagi investitsion blok konlari atrofida qidiruv ishlarini boshlash bo‘yicha dastlabki kelishuvlar bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, anjuman doirasida “Jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv — O‘zbekiston neft-gaz tarmog‘i rivojidagi yangi yo‘nalish” mavzusida xalqaro konferensiya ham o‘tkazildi.