The Washington Post: O‘zbekiston Xitoy, Rossiya va AQSh bilan munosabatlarni muvozanatlashtirishga intilyapti

Jahon 12:43 / 16.05.2018 23863

Prezident Tramp g‘alaba qozonishni yaxshi ko‘radi va unda bunday imkoniyat paydo bo‘ldi, sababi u chorshanba kuni Oq uyda O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashadi, deya yozadi The Washington Post.

Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston prezidenti uzoq vaqt davom etgan tanaffusdan so‘ng mamlakatni isloh qilishga kirishdi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Amerika biznesi uchun juda ham jozibador emas. Asosiy muammolar – «zerikarli» sarmoyaviy muhit va majburiy mehnat.

Muzokaralar davomida Vashington inson huquqlarini himoya qilishi kerak, deb yozadi gazeta.

Tramp O‘zbekiston bilan yaqinlashgani sari ehtiyotkor bo‘lishi lozim, bu avvalgi ma'muriyatlar xatosini takrorlamaslik uchun kerak.
 
So‘nggi marta O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 2002 yilda, 11 sentabr voqealaridan so‘ng Oq uyga keldi. Mamlakatlar tezda ittifoqchilarga aylandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston uzoq vaqt ekstremizmga qarshi kurashdi va «aksilterrorizm» «boshqacha fikrdagilar»ni ta'qib qilish uchun sabab sifatida xizmat qildi.

Bush ma'muriyati harbiy bazani qo‘llab-quvvatlash uchun 2005 yilgi Andijon voqealariga qadar bu holatlarga ko‘z yumib keldi. O‘shanda O‘zbekiston kuchishlatar tuzilmalari namoyishchilarni o‘qqa tutgandi, deb yozadi The Washington Post.

Vashington hukumat harakatlarini tanqid ostiga oldi, bunga javoban esa Toshkent AQSh bazasini yopishga qaror qildi.
 
Karimov «ayyor» diplomat sifatida Obama ma'muriyati bilan aloqalarni qayta tiklash uchun o‘z mamlakatining strategik pozitsiyasidan foydalandi, lekin hamkorlik xavfsizlik masalalari bilan cheklangan edi.

O‘zbekistonning geografiyasi va AQSh harbiylari bilan ishlashga bo‘lgan tayyorligi shuni anglatadiki, Afg‘onistondagi urush doimo Vashington bilan munosabatlarning bir qismi bo‘ladi.
 
Shu bilan birga, Kreml mintaqani o‘z ta'sir doirasi sifatida ko‘radi, Pekin esa ushbu mintaqadan o‘zining «Bir makon va bir yo‘l» tashabbusi uchun start maydonchasi sifatida foydalanmoqda.
 
Markaziy Osiyoning O‘zbekiston kabi mamlakatlari hamon Xitoy, Rossiya va AQSh bilan munosabatlarni muvozanatlashtirishga intilmoqda.

Biroq, ko‘pchilik hozirgi o‘zbek yetakchisining islohotlarida samimiylik bor yoki yo‘qligi, yoxud u O‘zbekistonga xorijiy sarmoyalarni jalb qilmoqchiligi hamda o‘z hokimiyatini mustahkamlamoqchi ekanini aniq bilmayapti.

Ammo, o‘zgarishlar hozircha ishonch uyg‘otmoqda va Vashington bu maqsadlarni qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: