Oq uy to‘g‘risida xayolingizga kelmagan 15ta fakt

Light 00:00 / 16.05.2018 176952

Bu uyning ikki yuz yil davomida mavjudlik tarixida nimalar bo‘lmadi deysiz – hayvonlardan tortib, sharpalargacha, sirli tovushlar, bunkerlar, hovuz va bouling-klublargacha...

Oq uy AQSh prezidentining Vashingtonda joylashgan rasmiy qarorgohi. Amerikaning Jorj Vashingtondan tashqari barcha prezidentlari bu yerda «ro‘yxatdan» o‘tgan. Aytgancha, u aynan Jorj Vashington davrida qurilgan.

«AQSh, demokratiya va ozodlik» ramzi Oq uy palladian uslubi (arxitektor Jyeyms Hoban)dagi qasr. Qurilish ishlari 1792 yilda boshlanib, 1800 yilning 1 noyabrida tugalangan. Aynan o‘sha kuni AQShning ikkinchi prezidenti J. Adams uning daslabki «sohibiga» aylandi.

Oq uy belgilangan vaqtda omma uchun ochiq, biroq prezident va uning oilasiga tegishli xonalar hamda boshqa xususiy joylarga har doim ham borib bo‘lmaydi.

Oq uyda matbuot va OAV uchun ham joy mavjud. Tom Henks press-korpus «kofein»siz yashashini bilgach, shaxsan o‘zi press-ofis uchun sovg‘a taqdim etgandi: ikkita qahva mashinasi. Bu Oq uy to‘g‘risida siz bilmagan ko‘plab qiziqarli faktlardan biri xolos!

Jonivorlar uchun uy

AQShning 42-prezidenti Bill Klinton
Foto: GreenWord.ru

Umuman olganda, Oq uy doimo nafaqat prezidentlar, balki ko‘plab jonivorlar uchun yashash joyi bo‘lib kelgan. Masalan, prezident Guvr ikkita timsoh boqqan va kamdan-kam hollardagina ularni iniga qamagan. Jyeffersonda esa jonivorlar ovoziga taqlid qiluvchi qush bo‘lgan, u butun uy bo‘ylab bemalol uchib yurgan. Jon Kyu Adams ham yuqoridagi vannaxonada kichkina timsoh boqqan. Adamsning yordamchilaridan biri hayvonni «lavozim yo‘riqnomasi»ga ko‘ra ovqatlantirgan.

Bunga qo‘shimcha ravishda bu davr Oq uy Jon Belushi ishtirok etgan «Hayvonlar uyi»ga o‘xshab ketgan. 1820-yillar ochiq eshiklar davri bo‘lgan. Bu yerga istalgan odam tashrif buyurgan. Tashrifchilarga qulay sharoit yaratishga to‘g‘ri kelgan. Xususan, spirtli ichimliklar ham! Ko‘lmakka liker va musallas shishasini terib qo‘yib, tashrifchilar tashqariga chiqarilgan holatlar ma'lum! Bari mehmondorchilikka aylanib ketgan... Bugun bu maxsus xizmat uchun dahshatli holat bo‘lardi.

Katta? Kattaroq! Yanada kattaroq!

Foto: Vikipediya

Oq uy loyihalashtirilayotganida uning me'mori Per Sharl Lanfan o‘ziga xos qasr qurishni istagan: misol tariqasida u fransuz qirollari qarorgohini tasavvur qilgan... Yangi qarorgoh qurilishini nazoratga olgan prezident  Jorj Vashingtonga Lanfanning ishi yoqmagan. Oxir-oqibat uni haydab yuborgan. Ish Jyeyms Hobanga muvofiq yakunlangan.  

Natijada, qarorgoh ilk muallif istagidan besh marta kichik bo‘ldi. Biroq qurilish davrida hali ham AQShdagi eng katta uy edi.

U Fuqarolar urushigacha shundayligicha qoldi. Undan keyin esa mamlakatning «eng katta uyi» maqomini yo‘qotdi. Chunki joylarda navbatma-navbat osmono‘par binolar qad ko‘tardi.

Oq uy olov ichida

Foto: Vikipediya

1929 yilning 24 dekabridagi qisqa tutashuv oqibatida g‘arbiy qanotda yong‘in yuz berdi. U quvvati bo‘yicha 4 ballik deb belgilandi. Yong‘in barcha ichki havo o‘tkazgich va kanalizatsiyalar tiqilishiga sabab bo‘ldi. Afsuski, Oq uy yong‘in holati uchun sug‘urtaga ega emasdi, biroq ijarachilar Kongressdan pul olishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada ichki xonalarning ko‘pi to‘liq qayta qurildi va ta'mirlandi.

Rojdestvo bali o‘tkazilayotganida tom ostida yong‘in yuzaga keldi. Xizmatchi tutun hidini sezgach, bu haqda prezident va uning yordamchilariga ma'lum qildi. Ular prezidentning ko‘plab shaxsiy buyumlarini saqlab qolish hamda uning ofisini yong‘indan keyingi talofatlardan asrashga muvaffaq bo‘ldilar. Eng ko‘p yo‘qotish press-markazda bo‘ldi: fotoarxiv, maqola va materiallar qo‘ldan boy berildi.

Janob Linkoln soyasi

Foto: Vikipediya

Aytishlaricha, Uinston Cherchill Oq uyda qolganida u tunni prezident Linkolnning eski yotoqxonasida o‘tkazgan. Ertasi kun Cherchill Oq uyni zudlik bilan tark etdi. Balki, u marhum prezidentning vannadan chiqayotgan arvohini ko‘rgandir.

Bu voqeadan keyin Cherchill Oq uyga bir necha marta kelgan, biroq o‘sha kundan keyin hech qachon Linkoln yotoqxonasida tunamagan.

Uni qo‘rqoqlikda ayblash joizmikan? Axir britaniyalik bosh vazir Avraam arvohini ko‘rgan birinchi va oxirgi odam emasdi... To‘g‘ri, undan oldin ko‘rganlar asosan ayollar bo‘lgan.

Oq uyning egizagi

Irlandiyadagi «mini Oq uy»
Foto: Vikipediya

Ha, Oq uyning egizagi bor. U Irlandiyada 1745-1747 yillarda qurilgan bo‘lib, «mini Oq uy» deb ataladi.

AQSh prezidentlari qarorgohi loyihasi muallifi Jyeyms Hoban shaxsiy loyihasini Jorj Vashington tanloviga taqdim etguniga qadar Leynster-hauz chizmalarini ko‘rgan degan fikr mavjud. Shuningdek, Irlandiyaning Dublin shahridagi Feniks-bog‘idagi prezident qarorgohidan ilhomlangani mazkur loyihani yaratishga undagan degan ehtimol ham bor. Axir Hoban Irlandiyada katta bo‘lgan va ta'lim olgan. Uning loyihasi g‘olib bo‘lgach, Amerikada qolishga qaror qilgan. Har nima bo‘lganda ham o‘z nomi va karerasiga ega bo‘ldi!

Sirli yashirin yo‘lak

Haqiqatan ham, Oq uy ostida yashirin yo‘lak bor. Deyarli olti qavat chuqurlikda sharqiy qanotda bunker joylashgan. Aytishlaricha, Oval xonadan himoyalangan bunkerga yo‘l mavjud.

Shunisi ma'lumki, balki Perl-Harbordan keyin prezident Franklin D. Ruzvelt bombadan saqlanish joyini barpo qilgan. U yerdan G‘azna binosi yerto‘lasiga kirish yo‘li bo‘lgan. Xona prezident uchun maxsus, u beton quti ko‘rinishida. Ruzvelt uni umrida bir marta ko‘rgan. O‘shandan beri AQShning bir necha prezidenti ham uni ko‘zdan kechirgan, biroq bu ko‘proq Amerika buyuk tarixiga keltirilgan hurmat bo‘lgan.

Ventiliyatsiya tizimidagi uzilishlar

1909 yilda prezident Taft konditsioner o‘rnatishni juda istab, sovutish tizimiga o‘xshash narsani xarid qildi. Bu tizim quyidagicha bo‘lgan: ulkan ventilyatorlar Oq uy tomi ostiga (cherdak) o‘rnatilgan, ularning yonida maxsus idishlarda muz bo‘lgan. Sovuq havo havo o‘tkazgich bo‘ylab tushib, uyni sovutishi kerak edi.

Nazariyada juda ishonarli, biroq amaliyotda umuman ishlamagan. Hatto tom osti ham sovumagan. Kerakli past haroratni ushlab turish usuli mavjud bo‘lmagani uchun butun uy bo‘ylab iliq va chang havo tarqalgan. Bu esa tozalovchilarning noroziligiga sabab bo‘lgan. Omadni qarangki, Taft o‘z vaqtida «chekindi» va o‘zining uyni sovutish tizimidan foydalanishni bas qildi.

Iliq suv keldi...

AQShning 36-prezidenti Lindon Jonson
Foto: LiveInternet

Prezident yuvinish xonasi dushini ilk marta ko‘rgan prezident Nikson hayratda qoldi. Undan avvalgi prezident Lindon Jonson, bu dushga nisbatan maxsus talablarga ega bo‘lgan. Juda maxsus...

Dushni loyihalashtirishga mas'ul bo‘lgan suv mutaxassisi tizim ustida besh yil ish olib borgan. Ha, besh yil. «Jonson standarti bo‘yicha dush»ga ega bo‘lish uchun.

Yoqimli ishtaha!

AQShning 43-birinchi xonimi Mishel Obama Oq uy oshxonasida

Oq uy oshxonasi texnikadagi so‘nggi so‘zlar bo‘yicha jihozlangan. U bir vaqtning o‘zida 140 nafar mehmonga xizmat ko‘rsata oladi. Oshxonada prezident oilasi, Oq uy xodimlari va mehmonlarga xizmat ko‘rsatadigan 5 nafar bosh oshpaz ishlaydi.

Davlat ziyofatlari – davlat ahamiyatiga molik ish, «parda» ortida bari qanday ekanini kuzatish teatr namoyishi tomoshabini bo‘lishdek gap. Barchasi ideal darajada rejalashtirilgan.

Prezident Jon Adams va uning rafiqasi Abigeyl mevalar bog‘ini yaratishgan hamda u yerda shaxsiy mahsulotlar yetishtirishgan. Prezident Jyekson issiqxonaga ega bo‘lgan. U 1902 yilda g‘arbiy qanot uchun joy bo‘shatish maqsadida buzib tashlangan. Bir vaqtlar Oq uy bog‘ida yetishtirilgan tropik mevalar ham bo‘lgan.

Mishel Obama hozirda ham amalda bo‘lgan katta hovliga asos solgandi. Pediatr uning farzandlariga ko‘proq sabzavot va meva iste'mol qilishni tavsiya etgan. Davlatning asosiy oilasi yangi sabzavotlarni tanovul qilgan va hatto hosilning bir qismini mahalliy oshxonaga sho‘rva uchun bergan! Oq uyda shaxsiy asal yetishtirish uchun ham sharoit mavjud.

Me'morlar tanlovi

Foto: Vikipediya

Prezident Jorj Vashington dastlab Oq uyni qurishi lozim bo‘lgan me'mor Sharl Lanfan ishidan juda norozi bo‘lgandi. Prezident uni haydab yuborgach, qarorgoh qurilishi loyihasi uchun tanlov e'lon qilgan.

Bu favqulodda iqtidor egasi  bo‘lgan dizaynerlar tomonidan katta e'tiborga sabab bo‘ldi. To‘qqiz loyiha qiziqish bilan o‘rganilgan, ular zamonaviy arxitekturaning g‘aroyib namunalari edi. Biroq bitta loyihagina tanlov g‘olibi bo‘lishi kerak edi. Aytgancha, Tomas Jyefferson ham tanlov ishtirokchilaridan biri bo‘lgan. U o‘z chizmalarini haqiqiy ismini ko‘rsatmagan holda taqdim etgandi.

Yakunda irlandiyalik Jyeyms Hoban g‘olib bo‘lib, sobiq me'mor Lanfanning o‘rniga Oq uyni qurdi.

Jyeffersonning anonim chizmasi g‘oliblikni qo‘lga kiritmagan bo‘lsada, ko‘pchilikni hayratga soldi: u juda iqtidorli odam edi, uning arxitekturaga bo‘lgan qiziqishini Montichellodagi o‘zining qarorgohi misolida ham bilish mumkin.

Uy qurish qanchaga tushadi?

Fuqarolik urushi tugaguniga qadar Pensilvaniya Avenyu AQShdagi eng katta hisoblangan. Uning qurilish ishlari 1792 yilda boshlangan. Prezident Jon Adams va uning rafiqasi Ebigeyl 1800 yilda unga ko‘chib kirishgan. O‘sha vaqtda ularning uyi 232 372 dollarga baholangan!

Agar bugun Oq uy savdoga qo‘yilganida, mustaqil ekspertlar bahosiga ko‘ra, uning qiymati 320 million dollarga teng bo‘lardi. Uncha hayron qolarli emas, shunday emasmi? Ayniqsa, undagi barcha qulayliklar hisobga olinsa: kinoteatr, stomatologiya xonasi, bouling, hovuz, tennis korti va albatta, 16ta yotoqxona hamda 35ta vanna xonalari.

Oq uy – o‘z-o‘zini ta'minlay oladigan shahar. Orzuingizdagi barcha qulayliklarga ega hashamatli uy!

To‘ylar muborak!

Oq uyning Pushtirang bog‘ida Trisha Niksonning nikoh marosimi

Qiziq, Oq uyda to‘y qilganlar ham bo‘lganmi?

Ha. 1820 yilda Mariya Monro o‘z amakivachchasi Samuel Guvernerga Oq uyning Sharqiy zalida turmushga chiqdi. 1828 yilda Meri Hellen Jon Adamsning uch o‘g‘lidan kenjasi bilan turmush qurdi. To‘g‘ri, bu juda kutilmaganda yuz berdi, chunki Meri katta o‘g‘ilga unashtirilgan, o‘rtanchasi bilan uzoq vaqt davomida yaqin muloqotda bo‘lgan, va nihoyat, Jon II ga turmushga chiqqan! Balki oilaviy tushliklar bir necha yil davomida noqulay bo‘lgandir...

1886 yilda Grover Klivlend Oq uyda uylangan yagona prezidentga aylandi. 49 yoshli Klivlend 21 yoshli Frensis Folsom bilan turmush qurdi.

1906 yilda ballar malikasi bo‘lgan Elis Ruzvelt Nikolas Longvortga turmushga chiqqan. Bu 1000 nafar mehmon tashrif buyurgan katta to‘y bo‘lgan. 1971 yilda Trisha Nikson (suratdagi) Oq uyning Pushtirang bog‘ida Edvard Koksga turmushga chiqadi. Uning to‘yi televideniyada butun dunyoga translatsiya qilingandi...

Albatta, amalda bo‘lgan vaqtida uylangan prezidentlar ham bo‘lgan, biroq ular buni Oq uyda nishonlashmagan.

Yorug‘likka nima yetsin!

1891 yilda Oq uyda elektr tizimi o‘rnatildi. Prezident Benjamin Harisson va uning rafiqasi Kerolayn bu kashfiyotdan shu qadar qo‘rqishgandiki, o‘zlari chiroqni yoqishmagan. Bu vazifani xizmatchilar bajargan.

Prezident Lindon Jonson «Jonson chiroq» laqabini olgan. U xonada odamlar ishlayotgan vaqtda ham hamma joyda yorug‘likni o‘chirib qo‘ygan. U buni juda oddiy izohlardi: u soliq to‘lovchilarning bir dollar pulini ham ortiqcha sarflashni istamasdi. 1979 yilda prezident Karter g‘arbiy qanotda quyosh batareyalari panellarini o‘rnatgan.

Ular u qadar samarali bo‘lmagan. 1989 yilda prezident Reygan tomda ishlayotganida quyosh batareyalari olib tashlangan... 2003 yilda ilk quyosh elektr paneli prezident Jorj Bush rahbarligi ostida o‘rnatilgan. U katta xarajat talab qilgani uchun butun qarorgoh bo‘ylab o‘rnatilmagan. Faqatgina 2014 yildagina Obama davrida butun Oq uy bo‘ylab quyosh batareyalari panellari o‘rnatilgan.

1926 yilda prezident Kulij birinchi muzlatgichni o‘rnatgan. 1933 yilda Oq uyning turar-joy xonalari sovutila boshlandi. 1993 yilda prezident Klinton derazalarni energiya tejovchi romlarga almashtirdi.

Uyning ilk «egalari»

AQShning ilk prezidenti Jorj Vashington
Foto: 24SMI

AQSh prezidenti Jorj Vashington Oq uyda yashagan ilk odam bo‘lishga ulgurmadi. Bu maqom Don va Ebigeyl Adamsga nasib qildi. Vashington qarorgohning loyihalarini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi, biroq u prezidentda ijobiy taassurot uyg‘otmadi. U bu hudud yetarli bo‘lmaydi, degan fikrda edi.

Uning davrida qurilgan Oq uy 1814 yilda yonib ketdi (bu 1812 yildagi urushda sodir bo‘ldi). U yangi «egalari» kelguniga qadar 1817 yilda qayta tiklandi. Prezident Monro yangi tiklangan qarorgohga ko‘chib kelganida odamlar yongan devorlar faqatgina bo‘yalgan deb hisoblashgan.

Darhaqiqat, tashqi devorlar, ayniqsa yong‘indan zarar ko‘rgan deraza atroflariga oq bo‘yoq surtilgan, biroq ichki tarafi noldan qayta tiklangan. 1901 yilda Teddi Ruzvelt qarorgohga «Oq uy» nomini berdi.

Xizmatimiz xavfli va og‘ir

AQShning 43-prezidenti Barak Obama qo‘riqchilar davrasida

Oq uy eng yaxshi xavfsizlik tizimi bilan jihozlangani barchaga ma'lum. Uni qanday qo‘riqlashlariga oid ko‘plab detallar ma'lum emas, biroq ba'zi faktlar bor: yer ostidagi olti qavatli bunker (sharqiy qanot ostida), 147ta o‘q o‘tmas derazalar va prezident ko‘chaga chiqqanida har safar Oq uy tomida snayper va maxsus qo‘riqchilar paydo bo‘ladi.

Aytishlaricha, Oq uy havo hujumini qaytarish imkoniyatiga ega, chunki unda raketaga qarshi himoya, kun davomida tomda joylashgan bir guruh snayperlar hamda g‘arbiy qanot oldidagi yo‘lakda navbatchilik qiladigan to‘rt nafardan kam bo‘lmagan maxsus xizmat agentlari bor.

Bu choralar MakKinli o‘limidan keyin joriy etilgan. Maxsus xizmat to‘liq stavkada prezident himoyasi mas'uliyatini o‘z zimmasiga olgan.

Ko‘proq yangiliklar: