O‘tgan haftada onlayn auksion orqali necha so‘mlik avtoraqamlar sotildi?

Iqtisodiyot 12:43 / 15.05.2018 18669

Joriy yilning 7 maydan 13 maygacha bo‘lgan davr mobaynida “O‘zRTXB” AJ da 509,5 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Ko‘rgazma-yarmarka savdolarida sotuv hajmi oshganligi qayd etildi. Bu haqda "O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda birja savdolarining hajmi 539,0 mlrd so‘mdan 485,7 mlrd so‘mga tushdi. Sotuvlar bo‘yicha qurilish mollari birinchi o‘rinni 30,6% bilan egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda kimyo mahsulotlari joylashgan bo‘lib, birja bozorining 16,2%ni egalladi. Keyingi o‘rinda paxta tolasi joylashgan bo‘lib, uning ulushi 14,8%ni tashkil qiladi.

Valyuta savdo maydonchasi orqali 1,14 mln AQSh dollarlik mahalliy mahsulotlar sotildi. Kelishuvlarning asosiy qismini polietilen tashkil etdi. Uning ulushi 78%ni tashkil etdi. Kelishuvlarning qolgan qismini sanoat moyi tashkil etadi. Uning ulushi 22%ga teng.

Avtoraqamlar bo‘yicha onlayn auksion

7 maydan 11 maygacha birjaning onlayn auksionlari orqali 50ta avtomobil raqamlari sotildi. Bulardan 41tasi jismoniy shaxslarga, 9tasi yuridik shaxslarga sotilgan. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 678 million so‘mdan oshdi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning deyarli 62% birinchi toifadagi avtoraqamlar, 30% bitimlar ikkinchi toifa avtoraqamlar va 8% bitimlar 3-toifa avtoraqamlar bo‘yicha tuzilgan.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 40%ga teng. Keyingi o‘rinda Samarqand va Farg‘ona viloyatlari avtohavaskorlari har biri 12% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Buxoro va Namangan viloyatlari avtohavaskorlariga tegishli bo‘lib, har birining ulushi 10%ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 16%ga teng.  

 

Ko‘proq yangiliklar: