Kun.uz manbalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va mahalliy meva-sabzavot mahsulotlari eksportchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.
Qaror loyihasida ta'kidlanishicha, eksport faoliyatida qator muammolar kuzatilmoqda. Xususan, bu xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga yangi meva va sabzavotlarni oldindan to‘lovsiz eksport qilish bo‘yicha taqiqning borligi, shuningdek, narx shakllanishiga oid amaldagi tartibning nomutanosibligidir.
Bundan tashqari, uzoq xorij mamlakatlariga eksport qilinadigan yangi meva-sabzavot mahsulotlari uchun «Global GAP» standarti talablariga muvofiqlikni sertifikatlash tartibi o‘rnatilmagan.
Ma'lumot uchun: Global G.A.P. (G.A.P. — Good Agricultural Practice) – bu Yevropadagi chakana savdo tarmoqlari tomonidan taklif etilgan, oziq-ovqat va dekorativ o‘simliklarini xavfsiz ishlab chiqarishni ta'minlash bo‘yicha dastur. Dasturning asosiy maqsadi savdo tarmoqlari mijozlarini sifatli mahsulotlar bilan ta'minlash, u salomatlik va atrof-muhitga zarar yetkazishi kerak emas.
Ushbu standartning maqsadi - barcha ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatish orqali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi xatarlarni minimallashtirish. Avval qo‘llanilgan mahsulotlar sifati va xavfsizligi tizimi yetarli darajada samarali ko‘rsatmagani sababli, yangisi ishlab chiqildi – u yakuniy mahsulotni emas, balki ishlab chiqarish texnologiyasini sertifikatlashga ishlab chiqilgan. Samarali qishloq xo‘jaligi amaliyoti (GAP) - zararli kimyoviy moddalarning to‘planishi imkoniyatini yo‘qqa chiqaruvchi, shuningdek, mexanik va mikrobiologik ifloslanish haqida ogohlantirish bo‘yicha sharoitlarni yaratish. Shu tariqa, GlobalGAP sertifikatlash - bu mahsulot barcha tavsiyalar va talablarga qat'iy muvofiqligining kafolati.
GlobalGAP standartini ishlab chiqish uchun XX asr o‘rtalarida ishlab chiqilgan NASSR (Hazard Analysis and Critical Control Point - xavf-xatarlar va keskin nazorat nuqtalarini tahlil qilish) tizimi ishlatildi.
Yuqorida ko‘rsatilgan muammolarni hal qilish uchun Tashqi savdo vazirligi huzurida meva va sabzavot eksportini rivojlantirish bo‘yicha maxsus idoralararo komissiya tashkil etiladi. Komissiya tadbirkorlarga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda, shuningdek, yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda yordam beradi.
Komissiya yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarining ichki hamda tashqi bozordagi narxlari tendensiyalarini muntazam ravishda o‘rganib chiqadi. Ta'kidlanishicha, «tavsiya etilgan eksport narxlari» haftasiga kamida bir marta vazirlik saytida e'lon qilinadi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, narxlar tashqi savdo bozorlarida shakllangan narxlardan Netback (qayta hisob-kitob) usulini qo‘llash orqali FCA yetkazib berish shartlarida tavsiya etilgan eksport narxlarini hisoblash yo‘li bilan tuziladi.
Netback’ni (qayta hisob usuli) tovarlarni jo‘natish punktlari soni, shuningdek, eksportga yo‘naltiriladigan yo‘nalishlar soni nisbatan kam bo‘lgan hollarda qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Ushbu uslub iste'molchilar uchun «adolatli» narx rivojlangan raqobat muhitiga ega bozorda shu tovarga narx yordamida aniqlanishi mumkin, bunda bunday bozor uchun birja indikator narx ko‘rsatkichlari talab etiladi.
«Bazaviy» narx belgilab olinganidan so‘ng, tovarni jahon bozoriga yetkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni (ya'ni, transport va logistika xarajatlarining o‘rtacha darajasi, bojxona bojlari va boshqalar) olib tashlash kerak.
Umuman olganda, ortga hisob usuli iste'molchilar uchun «adolatli» narxni nazarda tutadi – yagona jahon bozoriga eksportchilar tomonidan yetkazib beriladigan narx, ammo tegishli logistika va bojxona xarajatlari chiqarib tashlanadi.
Shu bilan birga, eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlariga narxlarning pasayishi, tovar va sotuv bozorlarining sifatiga (turiga) ko‘ra, 20%dan oshmasligi kerak.
Joriy yilning 1 mayidan boshlab tadbirkorlik sub'yektlariga yangi mahsulotni eksport qilish huquqi beriladi, bunda 100% dastlabki to‘lov olinishi yoki bank akkreditivining ochilishi, xorijiy bankka kafolat rasmiylashtirilishi yoki siyosiy va savdo tavakkalchiligiga qarshi eksport bitimlari uchun sug‘urta polisi mavjudligi talab etiladi.
Qizig‘i shundaki, meva-sabzavotlarni oldindan to‘lovsiz eksport qilish mumkin. Biroq, tadbirkorlar tovarlarni faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus ro‘yxatida ko‘rsatilgan kompaniyalarga eksport qilishlari shart.