Yevropa investitsion banki (YeIB) O‘zbekistonga umumiy qiymati 500 mln dollar bo‘lgan ilk kreditlarni taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali xabar berdi, deb yozyapti Spot.
«Yevropa investitsion banki o‘z faoliyatini hadli kreditlarni ajratish yo‘li bilan boshlashga tayyor. Moliyalashtirish hajmi qariyb 500 mln dollarni tashkil etadi», - deyiladi lavhada YeIB vitse-prezidenti Vasil Xudakka tayangan holda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, YeIB mablag‘larni suv resurslarini boshqarish, issiqlik ta'minoti, energiya samaradorlik va agrar sohadagi loyihalarga ajratishni rejalashtirmoqda.
«Moliyalashtirish shakli (hadli kreditlar) – O‘zbekistonga o‘z manfaatlari va ustuvor vazifalarini hisobga olgan holda moliyalashtirish mumkin bo‘lgan loyihalarni tanlashda katta yo‘l ochib beradi», - deyiladi lavhada YeIB vitse-prezidenti Vasil Xudakka asoslanib.
O‘zbekiston va Yevropa investitsion banki mamlakat hududida bank faoliyati bo‘yicha kelishuvni 2017 yilning oktabrida imzolagan.