O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 15 maydan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 33,41 so‘mga arzonlagan va 1 dollar 8025 so‘mu 83 tiyinga teng bo‘lib turibdi.
Yevro kursi esa 41,56 so‘mga tushib, 9597,29 so‘mni tashkil qilgan.
1 Rossiya rubli kursi 0,90 so‘mga ko‘tarilib, 129,63 so‘mga yetgan.
1 AQSh dollari 8025,83
1 YeVRO 9597,29
1 Rossiya rubli 129,63
1 Angliya funt sterlingi 10885,43
1 Yaponiya iyenasi 73,39
1 Janubiy Koreya voni 7,52
1 Quvayt dinori 26621,43
1 Malayziya ringgiti 2034,43
1 Kanada dollari 6278,03
1 Xitoy yuani 1266,20
1 Singapur dollari 6021,33
1 Shveytsariya franki 8028,24
1 BAA dirhami 2185,21
1 Misr funti 451,90
1 Avstraliya dollari 6061,11
1 Turkiya lirasi 1848,55
1 SDR 11459,28
1 Ukraina grivnasi 306,50
1 Polsha zlotiysi 2250,27
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida dollar kursi 8200 so‘mga yaqinlashgandi, keyingi haftalar davomida kurs uzluksiz arzonlay boshladi.
Ma'lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.