Butun dunyo foydalanuvchilari Instagram ijtimoiy tarmog‘i faoliyatidagi uzilish haqida xabar berishmoqda. Downdetector servisi ma'lumotlari shundan dalolat bermoqda.
Rossiya, Markaziy Yevropa, AQSh, Buyuk Britaniya, Braziliya, Yaponiya va boshqa qator mamlakatlarda ijtimoiy tarmoq faoliyatida nosozlik qayd etilgan. Xabarlar 10 may kuni kela boshlagan. Deyarli bir soat davomida foydalanuvchilar o‘z akkauntiga kira olishmagan, lentani yangilashning iloji bo‘lmagan va yangi post joylay olishmagan.
Instagram'ning rasmiy blogida uzilishlar haqida xabar yo‘q.
Mart oyi boshida Instagram ovozli va videoqo‘ng‘iroqlar funksiyalarini ishlab chiqa boshlagani haqida ma'lum qilingandi. Hozircha ilovada faqat shaxsiy yozishmalar orqali muloqot qilish mumkin. Aprel oxirida ijtimoiy tarmoq funksiyalari soni foydalanuvchi profilidagi butun kontentni yuklash imkoniyati bilan to‘ldirildi.
Ta'kidlash joizki, aprel oyi oxirida butun dunyo foydalanuvchilari bir necha soat Telegram messenjeriga kirish imkonidan mahrum bo‘lishgan edi.