O‘zbekistonda avtomobil va benzin ishlab chiqarish hajmi ortdi

Iqtisodiyot 12:44 / 10.05.2018 13393

O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish ko‘paydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlarida so‘z yuritilgan.

Xususan, yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, 51 005 avtomobil ishlab chiqarildi. 2017 yilda esa bu ko‘rsatkich 40 366tani tashkil etgan. Shu tariqa, o‘sish 26,4%ni tashkil etdi.

Benzin ishlab chiqarish 3,7%ga ortib, 378,9 ming tonnani tashkil qildi (2017 yil yanvar oyida 365,5 ming tonna).

Bundan tashqari, avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish 37%ga o‘sdi.

Yuk mashinalari va avtobus ishlab chiqarish deyarli ikki barobarga tushib ketdi. Xususan, o‘tgan yilning yanvar-aprelda 300ta avtobus va 1204ta yuk mashinasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018 yilning xuddi shu davrida mos ravishda faqat 144 va 854ta avtobus hamda yuk mashinasi chiqarildi.

 

Ko‘proq yangiliklar: