Toshkentdagi Botanika bog‘i 10-13 may kunlari soat 14:00 gacha ishlaydi

Foto: Kun.uz
9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tgan Toshkentdagi Botanika bog‘i 10-13 may kunlari 10.00 dan 14.00 gacha ishlaydi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bergan.
Qayd etilishicha, Botanika bog‘i bugun soat 17.00 ga qadar ishlagan.
«Hurmatli toshkentliklar va shahrimiz mehmonlari! 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tgan Botanika bog‘i bugun soat 17.00ga qadar ishlashini ma'lum qilamiz. 10-13 may kunlari esa ish vaqti soat 10.00 dan 14.00 gacha etib belgilangan», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

15:27
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025