Apple daromadi 2-chorak yakunlari bo‘yicha 25 foizga o‘sdi

Fan-texnika 14:13 / 02.05.2018 2234

Apple 2018 yilning 31 mart kuni tugagan chorak yakunlari haqida hisobot berdi. Kompaniya bosh direktori Tim Kukning so‘zlariga ko‘ra, bu chorak Apple uchun tarixdagi eng muvaffaqiyatlisiga aylandi.

Daromad 61,1 mlrd dollarni tashkil etdi va o‘tgan yil bilan taqqoslaganda 16 foizga o‘sdi. Birinchi yarim yillikda daromad 149,4 mlrd dollarni tashkil etdi va o‘tgan yilga solishtirganda 13 foizga oshdi.

Kompaniya sof daromadi o‘tgan yilning ikkinchi choragidagi 11 mlrd dollar bilan taqqoslaganda 13,8 mlrd dollarga yetdi. O‘sish – 25 foiz.

Sof foyda har bir aksiya uchun 2,73 dollarni tashkil etdi. Tahlilchilar biroz past ko‘rsatkichni taxmin qilishgandi – aksiya uchun 2,68 dollar. 

Kompaniya daromadining 60 foizdan ortig‘i (38 mlrd dollar) iPhone sotuvlari orqali keldi. Taxminan 6 foizi iPad, 9 foizi Mac kompyuterlari hissasiga teng bo‘ldi.

Kompaniya hammasi bo‘lib 52 milliondan ortiq iPhone, 9 milliondan ko‘proq iPad va 4 milliondan ziyod Mac kompyuterlarini sotdi. 

Daromadlar ko‘proq Xitoy va Yaponiyada o‘sgan. Sotilgan iPhone’ning o‘rtacha qiymati 728 dollarni tashkil etdi.

Apple’ning 2018 yil ikkinchi choragidagi ko‘rsatkichlari birinchisidan pastroq bo‘ldi (daromad 31 foizga, sotilgan smartfonlar miqdori esa 32 foizga tushib ketdi). 

Ko‘proq yangiliklar: