Shvetsiyada qurilgan elektromobillarni zaryadlovchi yo‘l uzunasiga 2 kilometr bo‘lib, Stokholm va Stokholm-Arland aeroportini birlashtiruvchi yo‘l uchastkasida joylashgan. The Guardian shunday yangilik bilan bo‘lishdi.
Innovatsion yo‘l qurilishi uchun eRoadArlanda kompaniyasi javobgar. Elektr energiyasini yetkazish uchun kontakt relslardan foydalanilgan. Avtomobilni elektron tarmoqqa ulash uchun avtomobilning tagiga o‘rnatiladigan ko‘chma tok qabul qilgich (tokopriyomnik)lar qo‘llaniladi. Elektromobil kelgan taqdirda, relslarga avtomatik ravishda elektr toki uzatiladi.
Bunday yo‘lda batareyani quvvatlantirish uchun to‘lov kiritishga to‘g‘ri keladi. To‘lov mashina egasining zaryadkaga ulanishi davomida sarflangan energiyaga qarab olinadi.
"Zaryadlovchi" yo‘l qurilishi tramvay liniyasi o‘tkazishga qaraganda 50 baravar arzonroqqa tushar ekan. Xususan, bir kilometr shunday yo‘l 1 million yevroni tashkil qilgan. Bunday yo‘lning joriy qilinishi ichki yonish dvigatellariga ega avtomobillardan chiquvchi zararli moddalar chiqindilarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Shvetsiya hukumati elektr yo‘llar tarmog‘ini rivojlantirishni 2030 yilgacha ichki yonish dvigatellariga ega avtomobillar sonini qisqartirish rejasiga kiritdi.
Tizim qanday ishlaydi?
Kerakli paytda dastak pastga tushib, rels bilan aloqaga kirishadi. Masalan, haydovchi boshqa bir mashinadan o‘zib ketishga urinsa, dastak ko‘tariladi.
Rels transport vositasi bevosita yuqorida bo‘lgandagina faollashuvchi seksiyalarga ajratilgan. Tizim shuningdek mashina qachon to‘xtashini ham biladi va tokni o‘chiradi.
Bunday kompleksni o‘rnatish ishlarini minimal sarmoyalar bilan ham amalga oshirish mumkin. Relslar mavjud yo‘llarga integratsiya qilinishi mumkin va hech qanday yirik qurilishga hojat qolmaydi.
Bunday elektrifikatsiya har qanday turdagi mashinaga to‘g‘ri keladi - yengil mashinalardan to yuk mashinalarigacha. Shahar jamoatchilik transporti shuningdek ko‘chalarni son-sanoqsiz simlardan ozod qilib, ushbu konsepsiyani qo‘llashi mumkin.
Bu tizimning eng katta muammosi avtomobilga qo‘shimcha uskunalarni o‘rnatishdan iborat. Xizmat bepul bo‘lmas ekan, elektr energiyasi uchun hisob keladigan algoritmni tashkillashtirish kerak.