Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyalari o‘z xodimlari hissiyotlarini nazorat qilib, daromadini oshirmoqda
Xitoyda 10 dan ortiq zavod o‘z xodimlarining ruhiy holatini kuzatish uchun sun'iy intellektli miya faolligi sensorlarini qo‘llay boshladi. Ulardan ish vaqtida doim maxsus qurilmani kiyib yurish talab qilinadi. South China Morning Post shu haqida xabar berdi.
10 dan ziyod zavod ishchilari ishlab chiqarish jarayonida miya to‘lqinlari sensorlari o‘rnatilgan dubulg‘a kiyib yurishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Qurilmalar xodimlardagi charchoq, vahima, iztirob va boshqa his-tuyg‘ularni aniqlashga yordam berishadi. Ba'zi kompaniyalar personal ish ssenariysidan keyin yaratilgan virtual muhitga qanday reaksiya qilayotganini kuzatish uchun VR-garnituralarga ham sensorlarni o‘rnatishgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, qurilmalardan ko‘proq xodimlari yuqori xavfga duch keladigan ishlab chiqarish kompaniyalari foydalana boshlashgan. Masalan, poyezd mashinistlari yoki elektriklar ishlaydigan kompaniyalar. Sensorlar ishchining charchagani yoki ko‘zi uyquga ilinganini aniqlab, boshqaruvchi personalga tashvish signalini beradi.

Shu tariqa qurilmalar kompaniyalarning xatolar va baxtsiz hodisalar natijalarini bartaraf qilishga sarflanadigan pullarini tejab qoladi. Bundan tashqari, hissiy holatni kuzatish daromadlarni oshirishga yordam beradi. Kompaniyalardan birining vakili South China Morning Post'ga ma'lum qilishicha, 2014 yilda mazkur tizim joriy qilingandan so‘ng uning firmasi daromadlari 315 million dollarga o‘sgan.
Biroq Xitoy biznesining yangi talablari ishchilarni u qadar qoniqtirmaydi. Masalan, kichik stress sabab ulardan bir necha kun tanaffus qilishni so‘rashlari va hatto ishdan bo‘shatishlari mumkin. Tizim o‘zini sog‘lom his qiluvchi insonda muammo aniqlagan holatlarda qanday yo‘l tutishga doir savollarni ham yuzaga keltirmoqda.
Nashrda ta'kidlanishicha, Xitoyda kompaniyalarga ishga bunday yondashuvni taqiqlaydigan qonun yo‘q. Ish beruvchilar bu texnologiyadan o‘z daromdlarini oshirish maqsadida foydalanishmoqda, xitoylik xodimlar esa ko‘pincha "yo‘q" javobini bera olishmaydi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
Mavzuga oid

00:15
Xitoyda ajrashayotgan er-xotin 29 bosh tovuqni teng bo‘lishishdi

20:05 / 10.08.2025
Xitoy janubida bir hafta ichida chikungunya bezgagi bilan bog‘liq 1,3 mingdan ortiq holat qayd etildi

11:06 / 09.08.2025
Tramp Intel rahbarini Xitoy bilan yaqinlashib ketganlikda ayblab, iste’fo berishga chaqirdi

08:50 / 09.08.2025