Eronda norozilik aksiyasi umuman kutilmagan ko‘rinishda avj ola boshladi

Fan-texnika 16:59 / 01.05.2018 15564

Eronda norozilik namoyishlarining ancha qiziqarli ko‘rinishi avj olmoqda. Mamlakatda Telegram messenjeri (auditoriyasi 40 mln) taqiqlanganidan so‘ng, odamlar qog‘oz pullarda davlat siyosatiga qarshi shiorlarni ommaviy yoza boshladi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

«Tvitter» ijtimoiy tarmog‘ida Erondan bo‘lgan shunday banknotalarning 8000dan ortiq namunasi bor. Ushbu davlatda tvitter ham bloklab qo‘yilgan. Bu ijtimoiy tarmoqqa proksi orqali kirishadi. 

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Eslatib o‘tamiz, Eronda o‘tgan yilning 28 dekabr kuni yirik namoyishlar boshlangandi. U bir hafta ichida Tehron, Mashhad, Isfahon va Risht shaharlarini qamrab oldi. Biroq, 3 yanvar kuni Eron Inqilob qo‘riqchilari korpusi rahbari Muhammad Ali Jafariy «isyon bostirilgani» haqida e'lon qildi. Politsiya bilan to‘qnashuvlar vaqtida 21 kishi halok bo‘ldi, namoyishlar davomida mingdan ortiq kishi jarohat oldi.

Erondagi voqealar jahon hamjamiyati diqqat-markazida turdi. Xususan, AQSh prezidenti Donald tramp va uning ma'muriyati namoyishchilarni bir necha marta qo‘llab-quvvatladi. Tramp keyinroq, «vaqti kelganida» eronliklarga albatta yordam berajagini aytdi.

Namoyishlarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga Eron hukumati tomonidan Telegram va Instagram bloklab qo‘yilishi sabab bo‘ldi. Natijada, turli shaharlardagi namoyishchilar bir-birlari bilan aloqa o‘rnata olmay qolishdi.

Ko‘proq yangiliklar: