Xitoyda sanksiyalar ehtimoliga Windows va Android muqobillari ishlab chiqildi

Fan-texnika 08:55 / 30.04.2018 8045

Xitoyning Huawei kompaniyasi Android va Windows operatsion tizimlari o‘rnini bosa oluvchi o‘z operatsion tizimini ishlab chiqdi. Bu haqda South China Morning Post nashri ma'lum qildi

Xitoyda smartfonlar sotish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan kompaniya o‘z operatsion tizimini yaratish ustidagi ishlarni AQSh Xitoyning ZTE kompaniyasiga nisbatan tergov boshlagandan keyin, 2012 yildan boshlagan. Keyinroq ZTE’ga o‘z mahsulotlarida AQShda ishlab chiqilgan texnologiyalarni qo‘llash taqiqlangan.

Huawei ham mobil, ham kompyuter versiyalarida mavjud bo‘ladigan operatsion tizim ustidagi ishlarni AQSh ham unga ZTE kabi sanksiyalar kiritishi ehtimoliga olib borgan.

Huaweiֹ’ning o‘zi ham yangi operatsion tizimi Android’dan sezilarli darajada yomonroq ekanligini tan olmoqda. Kompaniya rahbariyatining ta'kidlashicha, agar AQSh texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati cheklanmasa, yangi operatsion tizim chiqarilmaydi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: