Qator mamlakatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham kuzatilayotgan Telegram messenjeri faoliyati bilan bog‘liq nosozliklar bartaraf etildi.
Undan avval Pavel Durov Telegram messenjeri faoliyatidagi uzilishlardan ogohlantirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu serverlardan birining qizib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Uzilishlar eng ko‘p Rossiya, Ukraina va Isroilda qayd etilgan. Shuningdek O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, BAA, Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Germaniya, Niderlandiya, Avstriya, Eron va Malayziyadan ham shikoyatlar tushgan.
Ta'kidlash joizki, "Roskomnadzor" 16 apreldan boshlab sud qaroriga ko‘ra Telegram'ni bloklay boshlagan. Telegram to‘siqlarni yengib o‘tish maqsadida Amazon va Google xostinglaridan foydalangan. "Roskomnadzor" bu kompaniyalarning IP-manzillarini ham bloklay boshlagan.