Xitoyning Pekinida 15-marta xalqaro avtosalon o‘tmoqda: ko‘rgazma o‘zining uzoq bo‘lmagan tarixi davomida avtomobil olamidagi eng muhim voqealardan biriga aylandi. Pekinga umumiy hisobda 14 ta davlatdan 1200 ta kompaniya keldi. Ular 1000 dan ko‘proq turli modellarni taqdim qilib, 100 dan ko‘proq taqdimot o‘tkazdi.
Quyida avtosalonda namoyish qilingan eng qiziq mashinalar keltirilgan.