Janubiy Koreya va KXDR yetakchilari birgalikda daraxt ekadilar

Jahon 12:52 / 26.04.2018 7229

Janubiy Koreya prezidentlik ma'muriyati rahbari Lim Chjon Sokning ma'lum qilishicha, KXDR yetakchisi Kim Chen In va Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In Koreya yarim orolini ajratib turuvchi harbiy-demarkatsion chiziqda daraxt ekadi. Bu haqda «Ryonxap» agentligi xabar bermoqda.

Prezident ma'muriyati rahbari bunday o‘ziga xos ramziy marosim haqida oliy darajadagi uchrashuv matbuot markazida tashkil etilgan anjuman davomida aytib o‘tdi.

Xabar qilinishicha, davlat rahbarlari sammitdan so‘ng, uch yillik Koreya urushi tugagan payt – 1953 yilda o‘sishni boshlagan qarag‘ayni ekishadi. Daraxt yonida «Tinchlik va farovonlikning ekilishi» yozuvli tosh o‘rnatiladi. Daraxt uchun tuproq Janubiy Koreyaning Chedjudo orolidagi Xallasan tog‘idan va KXDRning Xitoy bilan chegarasidagi Pektusan vulqonidan olib kelinadi.

Shuningdek ta'kidlanishicha, Kim Chen In daraxtga Seul orqali oqib o‘tuvchi Xangan daryosidan, Mun Chje In esa – Shimoliy Koreya hududidan o‘tuvchi Tedongan daryosidan olingan suvni quyadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR va Janubiy Koreya yetakchilari qachon uchrashishi ma'lum bo‘lgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: