Yunusobodda o‘z avtomobilida bo‘g‘ib o‘ldirilgan haydovchining jasadi topildi

Jamiyat 17:02 / 26.04.2018 47035

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 25 aprel kuni soat 07.30larda, Posira ko‘chasida “Spark” rusumli avtomashinaning o‘rindig‘idan shu avtomashina egasi, Markaz-6 dahasida  yashagan, 1976 y.t. D.I.ning jasadi topilgan. 

Dastlabki tekshiruv natijasida D.I. nafas yo‘li berkilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiyadan vafot etganligi ko‘rsatilgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: