«Turonbank» ATBning xalqaro reytingi bir pog‘onaga ko‘tarildi

Jamiyat 12:19 / 26.04.2018 6978
Foto: Turonbank

«Standard & Poor's Global Ratings» xalqaro reyting agentligi «Turonbank» ATB kredit reyting bahosini «V/B» darajasiga ko‘tarib, barcha reytinglar istiqbolini «Barqaror» deya e'tirof etdi.

Shu o‘rinda, Agentlik tomonidan bankka taqdim etilgan bank reyting ko‘rsatkichi, 2012 yilda «V-/S» darajasida bo‘lgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich «V-/B» darajasiga va 2018 yilga kelib esa «V/B» darajasiga ko‘tarildi.

«Turonbank» ATBning xalqaro kredit reyting ko‘rsatkichi yaxshilanishida bankning kapitallashuv darajasi davlat muassasalari tomonidan sezilarli ravishda qo‘llab-quvvatlanishi muhim omil bo‘ldi.

Foto: Turonbank

Bu esa o‘z navbatida, bankning kreditlash hajmini oshirish, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun ayni muddao bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, mamlakatimiz mustaqilligi bilan tengdosh «Turonbank» ATB bugungi kunda 19 filiali va 30 ta mini-banki orqali yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatmoqda.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: