Suriyada urib tushirilgan aqlli raketalarni o‘rganish boshlandi - Moskva

Jahon 13:04 / 26.04.2018 25477

Rossiya qurolli kuchlari Bosh shtabi g‘arb davlatlari tomonidan Suriya hududiga qarata 14 aprel kuni uchirilgan qanotli raketalar bo‘laklarini ko‘rsatdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, gap «Tomagavk» dengizda joylashtiriluvchi raketalar, shuningdek Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan uchirilgan SCALP va Storm Shadow aviatsiya texnikasida joylashtiriladigan qanotli raketalar bo‘laklari haqida ketyapti.

Bosh shtabning havo hujumidan mudofaa sohasidagi mutaxassisi Sergey Beznogix so‘zlariga ko‘ra, raketalar va ularning qismlari holati ularga havo hujumidan mudofaa vositalari ta'sir ko‘rsatganini bildiradi. Uning aniqlik kiritishicha, ularning tashqi qoplamasida olovli ta'sirdan darak beruvchi zarbalar elementi bor.

Foto: RIA Novosti /Igor Yermachenkov
Foto: RIA Novosti /Igor Yermachenkov
Foto: RIA Novosti /Igor Yermachenkov
Foto: RIA Novosti /Igor Yermachenkov
Foto: RIA Novosti /Igor Yermachenkov

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramzon Qodirov Suriyadagi vaziyatni Checheniston voqealari bilan tenglashtirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: