Suriya uchun 4,4 mlrd dollar yig‘ildi

Jahon 00:14 / 26.04.2018 8687

Suriya bo‘yicha donorlik anjumani ishtirokchilari 4,4 mlrd dollar yig‘ishdi. Bu haqda 25 aprelda gumanitar yordam va inqiroziy boshqaruv masalalari bo‘yicha yevrokomissar Xristos Stilianidis ma'lum qildi. 

“Delegatsiyalar joriy yilda 4,4 mlrd dollar ajratishganini e'lon qilishdan xursandman”, deb ma'lum qilgan Stilianidis.

Yevrokomissarning aytishicha, 85 ta davlat delegatsiyasi va tashkilotlari Suriya uchun 2019 yilda 3,4 mlrd dollar ajratishga va'da berishgan. Bundan tashqari, Yevropa ittifoqi yaqin ikki yilda Turkiyadagi suriyalik qochqinlar uchun qo‘shimcha 3 mlrd dollar ajratadi. 

BMT bosh kotibining o‘rinbosari Mark Loukokning jurnalistlarga ma'lum qilishicha, eng katta to‘lovlarni Yevropa ittifoqi, Germaniya va Buyuk Britaniya amalga oshirgan. Biroq anjuman tashkilotchilari – YeI va BMT dastlab mo‘ljallagan mablag‘ni yig‘a olmagan: anjumandan avval joriy yilda ham 2017 yildagi kabi 6 mlrd dollardan kam bo‘lmagan mablag‘ yig‘ilishiga umid qilinayotgani aytilgandi.  

Ko‘proq yangiliklar: