Sargsyan Armaniston Respublika partiyasi raisligidan ketmoqda

Jahon 14:57 / 26.04.2018 6085

Armanistonda Respublika partiyasi raisi Serj Sargsyanni o‘zgartirish haqida qaror qabul qilishdi. Bu haqda partiya saytida Sargsyan, bosh vazir vazifasini bajaruvchi Karen Karapetyan va fraksiya deputatlarining 25 aprel kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuviga asosan xabar berilgan.

«Respublika partiyasi raisini o‘zgartirish haqida munozara boshlash qarori qabul qilindi. Sobiq prezident va hukumatning sobiq rahbari Serj Sargsyan uchrashuvda ishtirok etayotganlarga 23 aprel kungi iste'fosi sabablarini tushuntirdi, Respublika partiyasi parlament fraksiyasining ishi bo‘yicha turli ssenariylarni taqdim etdi. Bu mamlakatda ichki tinchlik hamda barqarorlikni saqlab qolish uchun kerak», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armanistondagi hukmron Respublika partiyasi barcha siyosiy bloklar vakillari bilan istalgan masalalarni muhokama qilishga tayyorligini ma'lum qilgandi

 

Ko‘proq yangiliklar: