Roskomnadzor: Telegram’ni bloklash Amerika IT-gigantlariga qarshi turishga aylanib ketdi

Jahon 00:45 / 26.04.2018 9107

Telegram’ni bloklash messenjerga Rossiyada ishlab turish uchun ko‘mak berayotgan Amerika IT-gigantlariga qarshi turishga aylanib ketdi, degan chorshanba kuni Roskomnadzor rahbari o‘rinbosari Vadim Subbotin Telegram bloklanishi ortidan jabr chekkan biznes vakillari bilan uchrashuvda.

«Ayni paytda ham Amazon, ham Google va bir qator kompaniyalar Rossiya qonunchiligini bajarishdan bosh tortishmoqda. Sirasini aytganda, ayni paytda Roskomnadzor Telegram bilan olishmayapti, Roskomnadzor hozir Telegram’ni o‘z ortiga bekitayotgan dunyoning yirik IT gigantlari bilan qarama-qarshilik maydoniga chiqdi», — degan Subbotin.

U bloklashga tushib qolgan tarmoq ostidan foydalangan Rossiya tashkilotlari uchun Amerika kompaniyalaridan ijobiy shart-sharoitlar olish uchun harakat olib borilayotganini ta'kidlab o‘tdi. Subbotin muzokaralar Rossiya uchun xayrli yakunlanishidan umid qilayotganini aytib o‘tdi. «Biz o‘zaro hamkorlik bo‘yicha ijobiy natijalarni kutmoqdamiz», — dedi u.

Google va Amazon manfaatlari

«Amazon ham, Google ham va boshqa provayderlar ham Telegram uchun aynan qaysi IP diapazon ajratilganligini, u qaysi tarmoq ostida joylashgani, bu IP-manzillarni qanday ixotalash mumkinligini va Rossiya hududida aloqa operatorlari ularni texnik jihatdan bloklashi uchun nimalar qilinishi kerakligini juda yaxshi bilishadi», — dedi u.

Uning hisoblashicha, ayni paytda mazkur kompaniyaning siyosiy manfaatlari tijoriy foydadan ko‘ra ustunroq bo‘lib turibdi. «Amerika kompaniyalari uchun birinchi navbatda siyosat emas, biznes manfaatlar muhim deb hisoblayman. Lekin hanuzgacha ham Apple, ham Google, ham Amazon siyosiy nyuanslarni saqlab turganini tushunmayman», — deya ta'kidlagan u.

Subbotinning aytishicha, siyosiy nishonalar App Store va Google Play onlayn do‘konlaridan ilovalarning o‘chirib yuborilishida ham ko‘zga tashlanmoqda. Subbotin Roskomnadzorning Telegram ilovalarini onlayn do‘konlardan o‘chirish talabi kompaniyalarning oliy rahbariyati darajasida ko‘rib chiqilayotganidan xabardor ekanligini aytdi.

Bloklash haqida ogohlantirish

Subbotin Amazon va Google’ning tarmoq ostlarini bloklashdan avval Roskomnadzor Rossiya sudining qarorini ixtiyoriy bajarish va Rossiyada Telegram’ga ulanishni ixtiyoriy ravishda cheklash yuzasidan kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazgan.

«Men shaxsan o‘zim Google va Amazon vakillari bilan har kuni so‘zlashib turdim. Tarmoq ostilarini bloklash haqidagi qarorni qabul qilishdan avval biz kompaniyalarga Rossiya sudining qarorini risoladagidek bajarishni taklif qildik», — dedi u.

Subbotinning eslatishicha, Moskvaning Taganka sudi qaroriga ko‘ra, Telegram’ga ulanishni cheklash majburiyati nafaqat Roskomnadzorga, shuningdek messenjerga maydon taqdim etayogan Google va Amazon singari uchinchi shaxslarga ham yuklatilgan. Subbotinning aytishicha, muammoli resurslarning 70 foizi Amazon maydonlarida, 15 foizi Google maydonlarida joylashgan.

Subbotinning xabar berishicha, mazkur kompaniyalar Telegram’ning IP-manzillarini ixotalashni rad etishgan va bloklanishga tushgan tarmoq ostilaridan foydalanayotgan qonunga itoatgo‘y resurslarning taqdiriga befarq ekanliklarini namoyish etishdi. «Bu oniy daqiqalardagi qaror emas, bu qarorga jahonning yirik IT-gigantlari bilan o‘tkazilgan uzoq muzokaralardan so‘ng kelingan», — dedi u.

Roskomnadzor rahbari o‘rinbosari kompaniyalar bilan muzokaralar davom etishini aytib, Google bilan ijobiy natijalarga erishishgani, Google Telegram’ning bir necha IP-manzillarini to‘sganini aytib o‘tgan.

IP-manzillarni bloklash

«IP-manzillar bo‘yicha bloklash biroz zamonaviylik belgisi emas, degan tezislar ham yangramoqda. Taassufki, mobil ilovani boshqachasiga bloklab bo‘lmaydi», — dedi Subbotin. Uning tushuntirishicha, mobil messenjerlarning barchasi aynan dinamik o‘zgaruvchan IP-manzillar vositasida ishlaydi.

Subbotin Telegram’ga ulanishni cheklash doirasida 18 millionta IP-manzillar bloklanganini aytib, Roskomnadzor tarmoq ostilarini ortiq bloklash niyati yo‘qligini bildirgan.

Uning ta'kidlashicha, Roskomnadzor Telegram’ning Rossiyada ishlash uchun foydalanayotgan barcha mexanizmlaridan xabardor, faqatgina tizimili ravishda o‘zgarib turgan IP-manzillar uning ishlashini ta'minlab turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: