Pentagon Suriyada AQSh samolyotlari “o‘chirilayotganidan” shikoyat qildi

Jahon 09:40 / 26.04.2018 12481

AQSh qurolli kuchlarining maxsus amaliyotlar qo‘mondonligi boshlig‘i Toni Tomas “raqiblar” Suriyada AQSh harbiy samolyotlari tizimlarini o‘chirib qo‘yayotganidan shikoyat qildi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.  

“Raqiblar bizni har kuni sinashmoqda, bizning kommunikatsiyalarga to‘sqinlik qilishmoqda, bizning AS-130 tizimlarimizni ishdan chiqarishmoqda”, deb aytgan Tomas Tampa shahrida o‘tgan razvedka bo‘yicha anjumanda. 

AS-130 AQSh quruqlikdagi qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlovchi samolyot hisoblanadi. 

Tomas Suriyada AQShga qarshi olib borilayotgan radioelektron kurashni “dunyodagi eng tajovuzkor” deb atagan. U qanday “raqiblar”ni nazarda tutayotganiga oydinlik kiritmagan, biroq avvalroq AQSh ommaviy axborot vositalari AQSh Rossiyani Suriyadagi dronlari tizimlariini “o‘chirishda” ayblayotganini ma'lum qilgandi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: