Nogironligi bo‘lgan bolalar O‘zbekiston bo‘ylab sayohatda (foto)

Jamiyat 17:56 / 26.04.2018 9009

Farg‘ona viloyati turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat hokimligi va Qo‘qon shahar hokimiyati, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Farg‘ona viloyat kengashi va «Al-Fergani Tur» turfirmasining yordamida 2018 yilning 20 aprel kuni «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida Quvasoy shahar 90-sonli qulog‘i zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilari uchun sayohat uyushtirildi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar bermoqda.

Nogironligi bo‘lgan 13 nafar iqtidorli va qobiliyatli bola O‘zbekistonning «Ipak poytaxti»ga tashrif buyurib, mashhur yodgorlik fabrikasini o‘rganishdi. Xorijlik sayyohlarning ommabop turistik maskanida bolalar tikuv san'atini ko‘rib chiqish imkoniga ega bo‘lishdi.

Rishtonda milliy ruh va an'anaviy hunarmandchilik namunalari bilan boyitilgan Tohir Haydarovning kulolchilik uy-muzeyi yosh avlodni hayratda qoldirdi. Mashhur kulol mehmonlarni samimiy kutib oldi va kulolchilik tarixining yorqin namunalarini batafsil tasvirlab berdi, bu, albatta, kichik sayyohlar uchun foydali bo‘ldi.

Shuningdek, bolalar uchun imo-ishora tarjimasi orqali Qo‘qonning tarixiy merosini bilib olish imkoni paydo bo‘ldi. Shahar durdonasi – Xudoyorxon saroyining o‘tgan asrga taalluqli xonalari dizayni, baland shiftdagi boy naqshli bezaklari va qadimgi qandillar bolalarda katta taassurot qoldirdi.

Ichki turizmni rivojlantirish yo‘lidagi bunday kichik qadam nogironligi bo‘lgan bolalar uchun nihoyatda baxtiyorlik, yorqin tuyg‘ular va taassurotlarni taqdim etdi.

Ko‘proq yangiliklar: