KXDR va Janubiy Koreya yetakchilari qachon uchrashishi ma'lum bo‘ldi

Jahon 08:11 / 26.04.2018 10312

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In juma, 27 aprel kuni, Toshkent vaqti bilan soat 5:30da demarkatsiya chizig‘ida uchrashadi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Xabar berilishicha, mamlakatlar yetakchilarining qurolsizlantirilgan hududdagi uchrashuvidan so‘ng, Janubiy Koreya faxriy gvardiyasi siyosatchilarga muzokaralar o‘tkaziladigan joyga qadar hamrohlik qilib boradi. Muzokaralar esa Toshkent vaqti bilan soat 6:40da boshlanadi. Kutilishicha, mamlakatlar yetakchilari sammit yakunlari bo‘yicha qo‘shma hujjatni imzolaydi.

RIA «Novosti»ning aniqlik kiritishicha, Kim Chen Inga uning singlisi, 2015 yildan beri Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi targ‘ibot va tashviqot bo‘limi boshlig‘i lavozimini egallab kelayotgan Kim Yo Chen hamrohlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen In Pxenyan yadro va raketa sinovlarini to‘xtatayotgani, shuningdek yadroviy sinov maydonchasini yopayotgani haqida ma'lum qilgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: