Katta Jorj Bush jonlantirish bo‘limidan chiqarildi

Jahon 10:18 / 26.04.2018 6568

Qo‘shma Shtatlar sobiq prezidenti katta Jorj Bush jonlantirish bo‘limidan oddiy palataga o‘tkazildi. Bu haqda Bushlar oilasi rasmiy vakili Jim Makgrat tvitterdagi sahifasida yozgan.

«Prezident Jorj G. U. Bush Hyustondagi Metodist shifoxonasi intensiv terapiya bo‘limidan oddiy palataga o‘tkazildi. Kutilishicha, u bu yerda yana bir necha kun davomida qoladi. Uning es-hushi joyida va shifoxona xodimlari, oila a'zolari hamda do‘stlari bilan gaplashmoqda. Shifokori uning ahvolidan ancha xursand», - deya yozgan Makgrat.

Shuningdek vakilning yozishicha, katta Bush barchaga duo va ezgu niyatlar uchun minnatdorlik bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq katta Jorj Bush shifoxonaga olib ketilgani xabar qilingandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: