Xitoy AQSh harakatlariga javob choralarini tayyorlab qo‘ygan

Jahon 11:43 / 26.04.2018 13849

Xitoy Tijorat vazirligi rasmiy vakili Gao Fenning ma'lum qilishicha, mamlakat hukumati AQShning iqtisodiy sohadagi harakatlarini kuzatib bormoqda va savdo mojarosi keskinlashadigan bo‘lsa, tegishli javob choralarini tayyorlab qo‘ydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Biz Amerika tomonining tegishli bayonotini eshitdik. Men shuni ta'kidlab o‘tishni xohlardimki, Xitoy istalgan protektsionistik va bir tomonlama harakatlarga qat'iy qarshi chiqadi. Xitoy AQSh bayonotlari hamda xatti-harakatlarini kuzatmoqda, biz Vashington tomonidan ehtimoliy harakatlarga reaksiya bildirish uchun tegishli choralarni tayyorlab qo‘ydik», - dedi Gao Fen Qo‘shma Shtatlarning iqtisodiy siyosatiga nisbatan javob choralari to‘g‘risidagi savolga to‘xtalar ekan.

Vakilning ta'kidlashicha, Xitoy kompaniyalari uzoq vaqt davomida AQSh hududidagi biznesga sarmoya yo‘naltirdi va mamlakat iqtisodiyotiga «jiddiy hissa» qo‘shdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy TIV rasmiy vakili Lu Kan KXDR yetakchisi Kim Chen Inning yadroviy sinovlarni to‘xtatish haqidagi qarori yarim orol yadrosizlanishiga turtki berishi haqida ma'lum qilgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: