GM Uzbekistan Sankt-Peterburgda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda 

Iqtisodiyot 10:25 / 26.04.2018 13346

GM Uzbekistan Sankt-Peterburgda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deya yozyapti «Kommersant'».

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, GM Uzbekistan hamda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi Peterburgdagi GM maydonchasi bo‘yicha maxsus investitsion shartnoma imzolash masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Kompaniyaga Peterburgdagi korxona negizida Chevrolet’ning bir nechta modellarini keng miqyosda yig‘ish to‘g‘risida shartnoma imzolash taklif etildi.

Sankt-Peterburgdagi GM zavodi 2015 yildan beri bo‘sh turibdi. Avval Chevrolet va Opel rusumidagi avtomobillar yig‘ilgan ishlab chiqarish maydonchasi yiliga 100 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

 

Ko‘proq yangiliklar: