YeChL. "Real" safarda "Bavariya"ni mag‘lub etdi

Sport 01:54 / 26.04.2018 28240

2017/18 yilgi Chempionlar Ligasi 1/2 finalining ikkinchi juftlik o‘yini o‘tkazildi. 

"Alyants-Arena"da kechgan o‘yinda "Bavariya" 1:2 hisobida "Real Madrid"dan mag‘lub bo‘ldi. 

28-daqiqada Kimmix maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim oxirlarida Marselo oradagi farqni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Asensio 57-daqiqada jamoasiga g‘alaba keltirgan to‘pga mualliflik qildi. 

Javob o‘yini 1 may kuni Madridda o‘tkaziladi. 

Bavariya Germaniya – Real Madrid Ispaniya 1:2

Gollar: 1:0 – 28 Kimmix, 1:1 – 44 Marselo, 1:2 – 57 Asensio.
Bavariya – Ulrayx, Xummels, Boateng (Zyule, 34), Rafinya, Martines (Tolisso, 75), Robben (Alkantara, 8), Kimmix, Xames, Riberi, Levandovski, Myuller.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal (Benzema, 67), Ramos, Kroos, Kazemiro (Kovachich, 83), Vaskes, Modrich, Isko (Asensio, 46), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Riberi (52), Kazemiro (78), Alkantara (89).

Ko‘proq yangiliklar: