Armaniston hukmron partiyasi rozi: istalgan masalalar muhokama qilinadi

Jahon 09:25 / 26.04.2018 3055

Armanistondagi hukmron Respublika partiyasi barcha siyosiy bloklar vakillari bilan istalgan masalalarni muhokama qilishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda RIA «Novosti» mamlakat bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Karen Karapetyan va sobiq prezident hamda partiya yetakchisi Serj Sargsyan o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng tarqatilgan bayonotga asosan xabar bermoqda.

«Armaniston Respublika partiyasi parlament fraksiyasi barcha tomonlar bilan dastlabki shartlarsiz istalgan masalalarni muhokama qilishga tayyorligi haqidagi kelishuvga erishildi», - deyiladi partiya bayonotida.

Shuningdek xabar qilinishicha, uchrashuv ishtirokchilari partiya raisini almashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqish haqida kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armanistonda muxolifat saylovlarda qanday shartda ishtirok etishini ma'lum qilgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: