Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Rossiya davlati kapitali ishtirokidagi 961ta korxona faoliyat yuritmoqda va 64tasi akkreditatsiyadan o‘tgan. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida O‘zbekiston rezidentlari ishtirokida 569ta korxona faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi esa 2018 yilning yanvar-fevral oylarida 50,2 foiz o‘sib, qariyb 600 million AQSh dollarini tashkil etdi.