O‘zbekiston mudofaa vaziri XXR Markaziy harbiy kengashi raisi o‘rinbosari bilan uchrashdi

O‘zbekiston 17:57 / 25.04.2018 15049

O‘zbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Pekinda XXR Markaziy harbiy kengashi raisi o‘rinbosari Chjan Yusya bilan uchrashdi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.

“Ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgandan buyon o‘zaro do‘stlik, hamkorlik va umumiy muvaffaqiyat prinsiplari qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xitoy O‘zbekistonni ikki davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan konsensuslarni hayotga tatbiq etish uchun “Bir makon, bir yo‘l” qurilishi, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida aloqalar va muvofiqlashtirishni, siyosiy va strategik o‘zaro ishonchni uzluksiz mustahkamlash, barcha sohalarda amaliy hamkorlikni faollashtirish, armiyalar o‘rtasidagi munosabatlar va har tomonlama strategik sheriklik bo‘yicha Xitoy —O‘zbekiston aloqalarini boyitishda ishonchli do‘st va strategik sherik sifatida ko‘radi”, — dedi Chjan Yusya.

A.Azizov, o‘z navbatida, Xitoy O‘zbekistoning buyuk qo‘shnisi ekanligini qayd etdi. Uning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston Xitoy bilan har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishi uchun o‘z sa'y-harakatlarini safarbar etyapti, Xitoy tomoni bilan hamkorlik salohiyatini o‘zlashtirishga tayyor. U bu borada Qurolli kuchlar o‘rtasidagi aloqalar muhim ahamiyat kasb etishini aytib o‘tdi.

 

Ko‘proq yangiliklar: