O‘zbekiston YaIMning shakllanishida Toshkent shahri eng katta hissa qo‘shdi

Iqtisodiyot 19:03 / 25.04.2018 7694

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2018 yilning yanvar – martida Qoraqalpog‘iston Respublikasi YaHM hajmi joriy narxlarda 2 294,2 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2017 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,8%ga o‘sdi. YaHMning o‘sishi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 2,0% (YaHM tarkibidagi ulushi – 3,5%), sanoat – 4,3% (40,1%), qurilish – 19,1% (8,8%), xizmatlar sohasi – 4,8% (47,6%) kabi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur'atlari bilan bog‘liq. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 1 243,5 ming so‘mni tashkil etdi va 4,3%ga o‘sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Andijon viloyati bo‘yicha YaHM joriy narxlarda 3 013,3 mlrd so‘mni tashkil etdi va 8,9%ga o‘sdi. Iqtisodiy o‘sish qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 1,7 % (YaHM tarkibidagi ulushi - 7,5%), sanoatda - 25,6% (33,6%), qurilishda – 3,7% (5,9%), xizmatlar sohasida – 4,4% (53,0%) kuzatilgan ijobiy o‘sish sur'atlari natijasida ta'minlandi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 999,0 ming so‘mni tashkil etdi va 7,1%ga o‘sdi.

Buxoro viloyatida YaHM hajmi 0,4%ga kamaydi va 2 599,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. YaHMning tarmoq tarkibida o‘sish sur'atlari: qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 3,8% (YaHM tarkibidagi ulushi – 11,9%), xizmatlar sohasida – 4,9% (51,2%)ni tashkil etdi. Shuningdek, 2017 yilning mos davri bilan taqqoslaganda sanoatda – 97,9% (28,6%) va qurilishda – 76,6% (8,3%) hajmlarning kamayishi kuzatildi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 1,8%ga kamaydi va 1 388,4 ming so‘mni tashkil etdi.

Jizzax viloyatida YaHM 2,8%ga o‘sdi va 1 233,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur'atlari qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 0,7% (YaHM tarkibidagi ulushi - 15,2%), qurilishda – 0,4% (11,1%), xizmatlar sohasida – 5,3% (54,4%)ni tashkil etdi. Sanoatda ishlab chiqarish hajmining 1,8%ga kamayishi kuzatildi. Ushbu tarmoqning YaHMdagi ulushi 19,3%ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YaHM hajmi 929,1 ming so‘mni tashkil etdi va 0,9 foizga o‘sdi.

Qashqadaryo viloyati yalpi hududiy mahsuloti 5,1% ga o‘sdi va 4 084,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. YaHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur'atlari bilan bog‘liq. Jumladan: qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 0,8% (YaHM tarkibidagi ulushi – 6,8%), sanoatda – 7,0% (45,9%), qurilishda – 1,7% (7,6%), xizmatlar sohasida – 4,5%ni (39,7%) tashkil qildi. Aholi jon boshiga YaHM 3,1%ga o‘sdi va 1 294,9 ming so‘mni tashkil etdi.

Navoiy viloyatida YaHM o‘sishi 3,2%ni tashkil etdi va 3 859,9 mlrd so‘mga etdi. YaHM tarmoq tarkibida o‘sish sur'ati qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 3,2 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 6,5 %), sanoatda – 0,3 % (69,1 %), qurilishda – 12,0 % (4,2 %), xizmatlar sohasida – 8,1 % ni (20,2 %) tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 1,6 % ga o‘sdi va 4 022,0 ming so‘mni tashkil etdi.

Namangan viloyatida YaHM 2 121,3 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu esa 2017 yilning mos davri ma'lumotlariga nisbatan 4,0 % ga ko‘pdir. YaHM dagi o‘sish sur'ati qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 1,4 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 7,8 %), sanoat – 1,5 % (19,4 %), qurilish – 5,6 % (6,8 %) va xizmatlar sohasidagi – 5,0 % (66,0 %) ijobiy o‘sish sur'atlari bilan bog‘liq. Aholi jon boshiga YaHM 2,2 % ga o‘sdi va 784,5 ming so‘mni tashkil etdi.

Samarqand viloyatida YaHM hajmi joriy narxlarda 3 584,8 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 3,0 % ga o‘sdi. Ushbu hududda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 2,0% (YaHM tarkibidagi ulushi – 10,2 %), qurilishda – 6,1 % (6,6 %), xizmatlar sohasida – 5,3 % (58,9 %) ijobiy o‘sish sur'atlari qayd etildi. Sanoat tarmog‘ida esa, ishlab chiqarish hajmining kamayishi kuzatildi va 2017 yilning yanvar - martiga nisbatan 96,8 % ni tashkil etdi (ushbu tarmoqning YaHM tarkibidagi ulushi – 24,3 %). Aholi jon boshiga YaHM 1,0 % ga o‘sdi va 961,9 ming so‘mni tashkil etdi.

Surxondaryo viloyatida YaHM 6,7 % ga o‘sdi va 2 245,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. YaHM ning o‘sishiga ta'sir qiluvchi omillar bo‘lib, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 2,4 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 23,2 %), sanoatda – 41,5 % (12,2 %), xizmatlar sohasidagi – 4,6 % (57,2 %) o‘sish sur'atlari xizmat qildi. Qurilishda esa bajarilgan ishlar hajmining 7,8 % ga kamayishi qayd etildi (YaHM tarkibidagi ulushi – 7,4 %). Aholi jon boshiga YaHM 891,1 ming so‘mni tashkil etdi, bu esa 2017 yilning mos davri ma'lumotlariga nisbatan 4,5 % ga ko‘pdir.

Sirdaryo viloyatida YaHM 4,5 % ga o‘sdi va 1 019,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. Hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarida ham ijobiy o‘sish sur'atlari qayd etildi. Xususan, o‘sish sur'atlari qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 0,9 % (YaHM tarkibidagi ulushi - 12,3 %), sanoatda - 4,0 % (36,4 %), qurilishda – 6,1 % (6,1 %), xizmatlar sohasida – 5,4 % (45,2 %) ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YaHM hajmi 1 247,5 ming so‘mni tashkil etdi va 2,9 % ga o‘sdi.

Toshkent viloyatida YaHM 5 924,3 mlrd so‘mni tashkil etdi va 6,1 % ga o‘sdi. YaHM ning o‘sishi hudud iqtisodiyoti tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur'atlari bilan bog‘liq. Jumladan: qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 1,2 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 10,0 %), sanoatda – 6,2 % (51,7 %), qurilishda – 33,4 % (4,0 %), xizmatlar sohasida – 4,7 % (34,3 %) o‘sish sur'atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga YaHM 4,9 % ga o‘sdi va 2 068,2 ming so‘mni tashkil etdi.

Farg‘ona viloyatida YaHM 3,9 % ga o‘sdi va 3 761,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. YaHM ning o‘sishi hudud iqtisodiyoti tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur'atlari bilan bog‘liq. O‘sish sur'ati qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 2,2 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 8,2 %), sanoatda – 1,3 % (31,5 %), qurilishda – 11,8 % (6,5 %), xizmatlar sohasida – 4,7 % (53,8 %) ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 1 037,4 ming so‘mni tashkil etdi va 2,3 % ga o‘sdi.

Xorazm viloyatida YaHM 1 858,7 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu esa 2017 yilning yanvar - martiga nisbatan 6,1 % ga ko‘pdir. YaHM ning o‘sishi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 0,9 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 12,8 %), sanoat – 17,3 % (25,7 %), xizmatlar sohasidagi – 4,4 % (53,3 %) o‘sish sur'atlari bilan bog‘liq. Qurilish tarmog‘ida esa, bajarilgan ishlar hajmining 1,8 % ga kamayishi qayd etildi (ushbu tarmoqning YaHM tarkibidagi ulushi – 8,2 %). Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 4,5 % ga o‘sdi va 1 028,3 ming so‘mni tashkil etdi.

Toshkent shahrida YaHM 10 502,3 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu esa 2017 yilning yanvar - martiga nisbatan 7,2 % ga yuqoridir. YaHM o‘sishining asosiy omillari bo‘lib, sanoat – 6,5 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 29,9 %), qurilish – 10,6 % (7,8 %), xizmatlar sohasidagi – 7,1 % (62,3 %) ijobiy o‘sish sur'atlari hisoblanadi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 5,3 % ga o‘sdi va 4 251,3 ming so‘mni tashkil etdi.

Respublika bo‘yicha YaIMning shakllanishida Toshkent shahri 16,2 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent viloyati 9,1 % va Qashqadaryo viloyati 6,3 % ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi. Respublika YaIM ni shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (1,6 %), Jizzax (1,9 %), Xorazm (2,9 %), viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

2018 yilning yanvar – marti yakunlari bo‘yicha Andijon viloyati (108,9 %), Toshkent shahri (107,2 %), Surxondaryo (106,7 %), Xorazm (106,1 %) va Toshkent (106,1 %) viloyatlarida yuqori o‘sish sur'atlari qayd etildi. Jizzax (102,8 %), Samarqand (103,0 %), Navoiy (103,2 %) viloyatlarida Respublika darajasiga (105,1 %) nisbatan past o‘sish sur'atlari kuzatildi. Buxoro viloyatida YaHM hajmining (2017 yil yanvar – martga nisbatan 99,6 %) kamayishi qayd etildi.

2018 yilning yanvar – marti yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligining YaHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatida (23,2 %), sanoatning eng yuqori ulushi Navoiy viloyatida (69,1 %), qurilishning eng yuqori ulushi Jizzax viloyatida (11,1 %), xizmatlar sohasining eng yuqori ulushi esa, Namangan viloyatida (66,0 %) kuzatilmoqda.

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligining YaHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng kam ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3,5 %), sanoatning eng kam ulushi Surxondaryo viloyatida (12,2 %), qurilishning eng kam ulushi Toshkent viloyatida (4,0 %), xizmatlar sohasining eng kam ulushi esa Navoiy viloyatida (20,2 %) qayd etildi.

 

Ko‘proq yangiliklar: