UYeFA «Roma» ishqibozlarining xatti-harakatidan shokka tushdi

Sport 15:47 / 25.04.2018 16900

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) Italiyaning «Roma» klubi ishqibozlari tomonidan Chempionlar ligasi birinchi yarim finalidan oldin Angliyaning «Liverpul» jamoasi muxlisiga hujum yuz bergani tufayli bayonot bilan chiqdi. 

«UYeFA Chempionlar ligasi uchrashuvidan avval shunday qabih hujum yuz berganidan shokda. Bizning barcha o‘y-xayollarimiz jabrlangan va uning oilasi bilan.

Bu qabih hujum ijrochilariga futbolda o‘rin yo‘q. Biz ishonamizki, ular o‘z xatti-harakati uchun hukumat tomonidan qonun doirasida javobgarlikka tortiladi», - deya bayonot matnini keltirgan «Bi-bi-si».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Roma»ning ikki ishqibozi odam o‘ldirishga suiqasd qilganlikda ayblanayotgani xabar qilingandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: