Tramp AQSh Eronning O‘rta yer dengiziga chiqishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi

Jahon 01:50 / 25.04.2018 12154

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Eronga O‘rta yer dengiziga chiqishiga ijozat bermasligini aytdi.

“Biz O‘rta yer dengizi oldida kuchli to‘siq qo‘yamiz, fikrimcha, bu juda muhim, chunki biz buni qilmasak, Eron O‘rta yer dengiziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqa oladi, bunga esa yo‘l qo‘ymaslik kerak”, deb aytgan Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan birgalikdagi matbuot anjumanda.

Tramp Eron AQShga tahdid qilgudek bo‘lsa, “kam sonli davlatlar to‘lagan haqni to‘lashini” ta'kidlab o‘tgan.

“Agar Eron bizga qandaydir yo‘l bilan tahdid qilsa, u kam sonli davlatlar to‘lagan haqni to‘laydi”, deb aytgan Tramp matbuot anjumanda.

Tramp yanvarda Erondan sanksiyalar olinishi tartibini uzaytirgan, biroq bu so‘nggi uzaytirish bo‘lishidan ogohlantirgan. 

Ko‘proq yangiliklar: