Tojikiston​ parlamenti «Farhod»​ GES bo‘yicha hujjatni ratifikatsiya qildi

Jahon 22:15 / 25.04.2018 10912

O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari o‘rtasida «Farhod»​ GES obektidan samarali foydalanish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar Tojikiston Respublikasi parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilindi. Bu haqda parlament raisi Shukurjon Zuxurov jurnalistlarga ma'lum qilgan.

Xabar berilishicha, joriy yilning mart oyida ikki davlat rahbarlari uchrashuvida ham muhokama etilgan masalaga oqilona yondashuv bo‘lgan. Unga ko‘ra, obektdan foydalanish, GESga texnik xizmat ko‘rsatish va moliyalashtirish huquqi O‘zbekistonda saqlanib qolgan holda, obekt joylashgan hudud Tojikiston yeri deb tan olinadi.

Ma'lumot uchun, Farhod GES — Sirdaryo viloyatida Tojikistonning Xo‘jand shahri yaqinida joylashgan gidroelektrostansiya bo‘lib, u elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga qator sug‘orish kanallarini suv bilan ta'minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: